Kontent qismiga oʻtish

Donkervoort

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Donkervoort Automobielen B.V.
Turi avtomobil ishlab chiqaruvchisi
Qachon asos solingan 1-iyul, 1978-yil (47 yil avval) (1978-07-01)
Joylashuvi Niderlandiya, Lelystad
Hududiy xizmati Yevropa
Shimoliy Amerika
Isroil
Birlashgan Arab Amirliklari
Asoschi(lari) Joop Donkervoort
Direktori Denis Donkervoort
Mahsulot(lar)i qoʻlda yigʻiladigan o‘ta yengil sport avtomobillari
Ishchilar soni 20–25 nafar
Vebsayti donkervoort.com

Donkervoort Automobielen BVNiderlandiyaning Lelystad shahrida joylashgan, qo‘lda yig‘iladigan va o‘ta yengil sport avtomobillarini ishlab chiqaruvchi kompaniya. Avtomobil brendi 1978-yilda Joop Donkervoort tomonidan asos solingan. 1996-yilda kompaniya avtomobillarida qo‘llanilgan Ford dvigatellari Audi dvigatellariga almashtirilgan. Donkervoortning “No Compromise” (“Hech qanday murosasiz”) shiori ABS, elektron barqarorlik dasturi (ESP) va rul kuchaytirgichi kabi elektron yordamchi tizimlarsiz boshqarish tamoyilini ifodalaydi.

Donkervoort — xususiy kompaniya bo‘lib, asoschisi Joop Donkervoort tomonidan 2019-yilda nafaqaga chiqqunga qadar boshqarib kelingan. 2021-yilda esa uning o‘g‘li Denis Donkervoort kompaniyaning boshqaruvchi direktori etib tayinlangan. Joop Donkervoortning turmush o‘rtog‘i Marianne Donkervoort hamda ularning qizi Amber Donkervoort kompaniyaning rivojlanishi va brendini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan[1]. Amber Donkervoort ilgari ot sporti bilan shug‘ullangan bo‘lib, Xitoyda o‘tagan amaliyotidan so‘ng kompaniyaga marketing menejeri sifatida ishga kirgan[2]. Donkervoort S8A modeli Amber sharafiga nomlangan bo‘lsa, D8 modeli Denis Donkervoort nomi bilan bog‘liq[3].

Joop Donkervoort kompaniyani 1978-yilda kit-karlar importchisi sifatida tashkil etgan. Biroq ushbu turdagi avtomobillarndan yo‘llarda foydalanish uchun qonuniy holatga keltirish katta texnik o‘zgartirishlarni talab qilishini anglagach, u Tienhoven shahridagi kichik ustaxonada Lotus Seven dizayniga asoslangan ilk S7 avtomobillarini mustaqil ravishda ishlab chiqara boshlagan[4][5]. 1983-yilda Donkervoort ishlab chiqarishni kengroq imkoniyatlarga ega bo‘lgan Loosdrecht shahridagi zavodga ko‘chirgan, 2000-yilda esa kompaniya hozirgi bosh qarorgohi va zavodi joylashgan Lelystad shahriga ko‘chib o‘tgan[6]. Avval tashqi yetkazib beruvchilar orqali amalga oshirilgan shassi ishlab chiqarish jarayoni 2003-yilda to‘liq Lelystaddagi korxonaga ko‘chirilib, ichki ishlab chiqarishga o‘tkazilgan[6].

Avtomobillar modellari
Model Tasvir Davr Dvigatel Quvvati
S7 1978–1984 1.6 L Ford OHV 90 PS (66 kW)
S8 1980–1984 2.0 L Ford OHC 103 PS (76 kW)
S8A 1985–1993 2.0 L Ford OHC 117 PS (86 kW)
S8AT 1986–1994 Turbozaryadli 2.0 L Ford OHC

Interkuler bilan jihozlangan Garrett T3 turbokompressori

170 PS (125 kW)
Turbozaryadli 2.2 L Ford OHC

Interkuler bilan jihozlangan Garrett T3 turbokompressori

190 PS (140 kW)
D10 1988–1989 Turbozaryadli 2.2 L Ford OHC

(Garrett T3)

190 PS (140 kW)
D8 Zetec 1993–1998 1.8 L 16V Zetec 140 PS (103 kW)
2.0 L 16V Zetec 160 PS (118 kW)
D8 Cosworth 1994–1998 Turbozaryadli 2.0 L DOHC Cosworth YB 220 to 280 PS (160 to 210 kW)
D8 Audi (AGU) 1999–2002 Turbozaryadli 1.8 L 20vT Audi 150 to 245 PS (110 to 180 kW)
D8 Audi (E-gas) 2003–2012 Turbozaryadli 1.8 L 20vT Audi 150 to 270 PS (110 to 200 kW)
D8 270 RS 2005–2007 Turbozaryadli 1.8 L 20vT Audi, „drive by wire“ 270 PS (199 kW)
D8 270 2008–2012 Turbozaryadli 1.8 L 20vT Audi, „drive by wire“ 270 PS (199 kW)
D8 GT 2007–2012 Turbozaryadli 1.8 L 20vT Audi, „drive by wire“ 270 PS (199 kW)
D8 GTO 2013–2022 Turbozaryadli 2.5 L TFSI 5 silindrli Audi 250 to 280 kW (340 to 380 PS)
D8 GTO RS 2016–2022 Turbozaryadli 2.5 L TFSI 5 silindrli Audi 386 kW (525 PS)
D8 GTO 40 2018 Turbozaryadli 2.5 L TFSI 5 silindrli Audi 283 kW (385 PS)
D8 GTO JD-70 2019 Turbozaryadli TFSI 5 silindrli Audi 305 kW (415 PS)
D8 GTO JD-70 R 2020 Turbozaryadli TFSI 5 silindrli Audi 310 kW (420 PS)
D8 GTO Individual Series 2021–hozir Turbozaryadli TFSI 5 silindrli Audi 325 kW (442 PS)
F22 2022–hozir Turbozaryadli TFSI 5 silindrli Audi 367 kW (499 PS)
  1. „Donkervoort Today“. Donkervoort Cars. Qaraldi: 2026-yil 29-yanvar.
  2. Dijkstra, Martin; Baxmeier, Fleur „Zo vader zo dochter“ [Like father like daughter] (nl). fd (2015-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2026-yil 29-yanvar.
  3. @donkervoort. „You may know that the children of Donkervoort founder, Joop Donkervoort, are Amber and Denis. But did you know that some of our most famous models are named after them? The S8A is named for Amber, while the "D" in D8 stands for Donkervoort Managing Director Denis'.“.
  4. Willemsen, Jeroen „Car Builder >> Donkervoort“. SpeedHunters (2009-yil 13-noyabr). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 29-yanvar.
  5. Johnson, Owen „10 Things We Just Learned About Donkervoort“. Hot Cars (2022-yil 8-fevral). Qaraldi: 2026-yil 29-yanvar.
  6. 6,0 6,1 „From the Beginning“. Donkervoort. Qaraldi: 2026-yil 29-yanvar.