Doniyolbiy Otaliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1428 — 1468 Abdulxayr
1501 — 1510 Muhammad Shayboniy
1510 — 1530 Koʻchkunchi
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1539 Ubaydulla I
1539 — 1540 Abdulla I
1540 — 1552 Abdullatif
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1556 — 1583 Pirmuhammad
1583 — 1598 Abdulla II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nodirmuhammad
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydulla II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy Otaliq
1785 — 1800 Shohmurod
1800 — 1826 Haydar
1826 — 1826 Husayn
1826 — 1827 Umar
1827 — 1861 Nasrulla
1861 — 1885 Muzaffaruddin
1885 — 1911 Said Abdulahad
1911 — 1919 Said Olim

Doniyolbiy otaliq (? — 1785) — (17581785-yillarda) — Buxoro hukmdori.

Mangʻitlarning nufuzli biylaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimbiyning amakisi. 1758-yilning 24-martda Muhammad Rahim vafotidan soʻng uning oʻgʻillari boʻlmaganligi uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi — Foziltoʻra oʻtqazilgan, Miyonkol hokimi boʻlgan Doniyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan. Bundan norozi boʻlgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burhut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon koʻtarib, 10 ming yigitni qurollantirib, Buxoro tomonga yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Doniyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga koʻra, Foziltoʻrani taxtdan tushirib, oʻrniga Ashtarxoniy shahzodalardan boʻlgan Abulgʻozi xonlik taxtiga oʻtqazilgan (1758—1785). Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni oʻz qoʻlida saqlab qolgan. Doniyolbiy otaliq davrida ham oʻzaro urushlar davom etib, Karmana, Oʻratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh koʻtarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat qilganlar. 1781-yil Rossiya hukumati Buxoro bilan savdo bitimini tuzishga taklif etganida Doniyolbiy bu bitimni 92 oʻzbek qabilasi boshliqlari roziligisiz imzolay olmasligini bildirgan. Bu holat Doniyolbiy davrida Buxoro amirligi siyosiy markazlashuv darajasi Muhammad Rahim davridan ancha past boʻlganini bildiradi. Bu tabiiy suratda Buxoro shahri aholisining noroziligiga sabab boʻlgan. Bundan tashqari Doniyolbiy qoʻshin taʼminoti uchun loʻplab qoʻshimcha soliqlar joriy etib, bu bilan poytaxtdagi hunarmandlar va savdo ahlini oʻziga qarshi qoʻyib qoʻygan edi. 1784-yil Buxoroda qoʻzgʻolon koʻtarilib, unda mingga yaqin kishi oʻldirilgan. Doniyolbiy hokimiyatni shaharliklar obroʻ-etibori baland boʻlgan oʻgʻli shohmurodga topshirishga majbur boʻldi. Buxoro xonligini birlashtirish markazlashtirish uchun kurashni Shohmurod davom ettirgan.

Mangʻitlardan boʻgan Buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning yozishicha: «Doniyolbiy sahiy va muruvvatli hokim sifatida mashhur boʻlgan, lekin davlat (moliya) ishlari bilan qiziqmagan. Biron ishni boshlashdan oldin ishning koʻzini biladigan kishilar bilan maslahatlashgan». Doniyolbiy xonlik unvonini qabul qilmagan, u otaliq unvoni qanoatlangan.

Doniyolbiy davrida me‘moriy yodgorliklardan «Xalifa Xudoydod» majmuasi (masjid, madrasa, sardoba va mozor, 1777-yil) qurilishi boshlangan.

Havolalar[tahrir]

www.ziyouz.com saytida

Mangʻitlar sulolasi (1756-1920)

Muhammad Rahim 17561758
Doniyolbiy 17581785
Shohmurod 17851800
Haydar 18001826
Nasrullo 18261860
Muzaffar 18601885
Abdulahad 18851910
Olimxon 19101920