Dondoli masjidi
| Masjid | |
Dondoli masjidi
| |
| Mamlakat | |
| Asosiy sana: 19-asr
| |
Dondoli masjidi – Gananing Yuqori Gʻarbiy mintaqasidagi Va shahri yaqinida joylashgan Dondoli qishlogʻida Sudan meʼmorchiligi uslubida qurilgan masjid. Bu masjid oʻzi joylashgan qishloq nomi bilan atalgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivoyatlarga koʻra, Malidan Va hududiga koʻchib kelgan Karimafa ismli kishi masjidni qurdirgan ekan. Aytishlaricha, masjid oʻz asoschisi sharafiga Karimafa masjidi deb atalgan[2][3]. Bu masjid 19-asrda qurilganligi aytiladi. Gananing shimoliy qismidagi aholining koʻpchiligi musulmonlardir. Taxminan milodiy X asrda islom dini Afrikaga kirib kelgan. U Misrdan Gʻarbiy va Janubiy hududlarga savdo yoʻllari orqali tarqalgan.
Ganada islom savdogarlari, Mande jangchilari va boshqa targʻibotchilar bu savdo yoʻllaridan foydalanganlar. Bu yoʻllar baʼzida Berberlar sulolasining bosqinlari bilan tarxda qolgan. Bu esa mazkur hududda islom dinining tarqalishida muhim rol oʻynagan. Ayrim islom savdogarlariga dam olish joyi sifatida xizmat qilishi uchun yoʻl boʻyida masjidlar qurilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ghana's Historic Mosques: The Lost Ones“ (en-US). The Hauns in Africa (2018-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
- ↑ „Ghana's Historic Mosques: The Lost Ones“ (en-US). The Hauns in Africa (2018-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
- ↑ Lewis. „Mosque of Dondoli“. International Mission Board. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.