Kontent qismiga oʻtish

Domulla Hasan madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Madrasa
Domulla Hasan madrasasi
Domullo Hasan madrasasi
Bozori alaf madrasasi
Mamlakat Oʻzbekiston
HududBuxoro viloyati
ShaharBuxoro
ManzilKoʻkaldosh MFY, Mehtar Anbar koʻchasi
Maktab yoʻnalishisunniy
MulkdorDavlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turiOʻrta
Meʼmoriy uslubMarkaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisiHasan oxund ibn Xol az-Zarir al-Buxoriy
HomiylarHasan oxund ibn Xol az-Zarir al-Buxoriy
Asosiy sana:
XIX asr boshlari
Maqomidavlat himoyasida[1]
HolatiTuristik xizmat koʻrsatish obʼekti
Hujralar soni23
Qurilish materialiPishiq gʻisht

Domulla Hasan madrasasi (Domullo Hasan madrasasi, Bozori alaf madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Hozir turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirilgan

Madrasa XIX asrning boshlarida Buxoro amirligi poytaxtining Kokilayi xoʻrd guzarida, oʻzbek hukmdori Haydar (1885–1910) hukmronligi davrida, Hasan oxund ibn Xol az-Zarir al-Buxoriy (Domulla Hasan) mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[2][3].

Domulla Hasan 1779-yilda tavallud topgan. Amir Haydar va amir Nasrullaxon davrlarida dastlab muftiy lavozimida faoliyat yuritadi, Koʻkaldosh madrasasida mudarrislik qiladi va oxundlik darajasiga koʻtariladi. U 1857-yil 21-iyunda 78 yoshida vafot etadi. Undan soʻng mazkur madrasaga oʻgʻli Abdulhaq mudarris boʻlib taʼyinlanadi[3].

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash va taʼmirlash, hududini obodonlashtirish ishlari rejalashtirildi va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 5 million soʻm mablagʻ ajratildi[4].

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib[1], hozir turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirilgan[4]. Katta koʻcha tarafidagi pastki hujralari doʻkonga aylantirilgan[3].

Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Mehtar Anbar nomli koʻchada joylashgan[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan[2], 23 ta hujradan iborat[3].