Domna pechi
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. (2025-02) |
Domna pechi, domna — temir rudalaridan choʻyan olinadigan shaxta pech. Beton poydevorga oʻrnatilgan silindrik kojuxdan iborat. Kojux ichiga pech tagligi (leshad) ni hosil qiluvchi oʻtga chidamli gʻisht terib chiqiladi. Pechning pastki qismida gorn va furma bor. Gornda choʻyan va shlak oqib chiqadigan teshiklar qilingan. Shaxta silindrik koloshnik bilan tugaydi. Chuyan oqib chiqadigan teshik sathidan koloshnik yuqorisidagi yuklash konusigacha boʻlgan masofa D. p.ning foydali balandligi deyiladi. Ana shu balandlik orasidagi hajm foydali hajm deb ataladi. Foydali hajmdan foydalanish koeffitsiyenti D. p. ishining asosiy texnik-iqtisodiy kursatkichi boʻlib, u pechda 1 sutkada eritib olinadigan 1 t chuyanga tugʻri keladigan foydali xajmni ifodalaydi. U qanchalik kichik bulsa, pech shunchayaxshi ishlaydi. YirikD. p.ning ish unumdorligi sutkasiga 10000 t dan ortiq.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |