Kontent qismiga oʻtish

Dominique Moceanu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dominique Moceanu
Moceanu 2024-yilgi SXSW festivalida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dominique Helena Moceanu
Tavallud sanasi 30-sentyabr 1981-yil (1981-09-30) (44 yosh)
Tavallud joyi Los Anjeles, Kaliforniya, AQSh
Boʻyi 139
Klub LaFleur’s
Károlyi’s
Moceanu Gymnastics
Cincinnati Gymnastics Academy
Xoreograf Geza Pozar, Dominic Zito
Musiqa The Devil Went Down to Georgia

Dominique Helena Moceanu (rumincha: [moˈtʃe̯anu]; 1981-yil 30-sentyabrda tugʻilgan)[1] – nafaqadagi[2] amerikalik gimnastikachi. 1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida gimnastika boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining „Magnificent Seven“ (Ajoyib yettilik) jamoasi tarkibida boʻlgan[3][4].

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moceanu dastlab Marta va Béla Károlyi[5], keyinchalik Luminița Miscenco[6] va Mary Lee Tracy qoʻl ostida mashgʻulotlarni oʻtagan[7]. 10 yoshida[8] AQSH milliy terma jamoasi tarkibiga kirgan va junior (oʻsmirlar) darajasida turli xalqaro musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qilgan. 1992-yilgi Junior Panamerika oʻyinlarida koʻpkurash boʻyicha kumush medal, 1994-yilda esa AQSHning oʻsmirlar oʻrtasidagi milliy chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan[9]. 1995-yilda 13 yoshida AQSH milliy chempionatida senior (katta yosh toifasi)da koʻpkurash bahslari boʻyicha gʻolib chiqqan eng yosh gimnastga aylangan[10]. Shuningdek, 1995-yilgi Jahon chempionati hamda 1996-yilgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan jamoaning eng yosh aʼzosi boʻlgan. Moceanu, shuningdek, 14 yoshida Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan va bu yoshda ushbu musobaqalarda qonuniy ishtirok etgan soʻnggi gimnast hisoblanadi[11].

Moceanuning gimnastikadagi soʻnggi eng katta muvaffaqiyati 1998-yilgi Goodwill oʻyinlarida boʻlib, sportchi koʻpkurash bahslari boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi amerikalik gimnastga aylangan[12]. Oilaviy muammolar, murabbiylarining oʻzgarishlari va jarohatlar uning Sidneyda boʻlib oʻtadigan 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga borishiga toʻsqinlik qildi va Moceanu 2000-yilda sportni tark etdi[13]. Oʻshandan beri u murabbiy boʻlib faoliyat yuritdi[14][15], shuningdek, biznes boshqaruvi boʻyicha ham taʼlim oldi[15][16], „Off Balance“ nomli xotiralar kitobini yozdi[17][18].

  1. „Dominique Moceanu“. usagym.org. 2022-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  2. DeSimone, Bonnie. „Gymnast Pursues 2nd Act“. Chicago Tribune (1996-yil 26-iyun). 2013-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  3. „Olympic Games - U.S. Women's Team Rosters“. usagym.org. 2022-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  4. „Olympedia – Dominique Moceanu“. Olympedia. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  5. Lynn. „Champion Gymnast's Hidden Life: Dominique Moceanu on Secret Sister“. ABC News (2012-yil 11-iyun). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  6. „Moceanu Switches Coaches“. The New York Times. Associated Press (1999-yil 16-yanvar). 2015-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  7. Pucin, Diane. „A Disappointed Moceanu Talks of Leaving Gymnastics“ (en-US). Los Angeles Times (2000-yil 18-avgust). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  8. Litsky, Frank. „Older, Wiser Moceanu Finds the Right Balance“. The New York Times (1998-yil 20-iyul). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  9. „Even at Age 13, a Storybook Career Is Emerging“. The New York Times (1995-yil 17-avgust). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  10. Pollack, Andrew. „Miller's Uneven Finish Opens Vault for Others“. The New York Times (1995-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  11. Doster, Rob. „The Youngest Phenoms in Sports History“. Athlonsports.com | Expert Predictions, Picks, and Previews (2014-yil 19-iyun). Qaraldi: 2016-yil 11-aprel.
  12. Litsky, Frank. „Older, Wiser Moceanu Finds the Right Balance“. The New York Times (1998-yil 20-iyul). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  13. Roberts, Selena. „Injured Moceanu Forced Out of Competition“. The New York Times (2000-yil 18-avgust). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  14. „Dominique Moceanu“. usagym.org. 2022-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  15. 15,0 15,1 Galbincea. „Olympic gymnastics champ Dominique Moceanu now coaches in Broadview Heights“. Cleveland Plain Dealer (2011-yil 9-mart). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  16. „Moceanu, Dominique | Cleveland Sports Hall of Fame“. Clevelandsportshall.com (2011-yil 18-iyul). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  17. „Book Excerpt: Dominique Moceanu's 'Off Balance'“. ABC News (2012-yil 11-iyun). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  18. Dyball. „'Off Balance' sheds light on world of elite gymnastics“. Boston Globe (2012-yil 20-iyun). Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.