Dominikan Respublikasi bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dominikan Respublikasi bayrogʻi
Mamlakat Dominikan Respublikasi
Mutanosibligi 2:3
Qabul qilindi 6-noyabr, 1863-yil (160 yil avval) (1863-11-06)
Tomonlar nisbati 5:8 boʻlgan versiya.
Dominikan Respublikasining gerbi.
DR bayrogʻi hilpiramoqa

Dominikan Respublikasi bayrogʻi - Dominikan Respublikasini ifodalaydi va u gerb va milliy madhiya bilan birgalikda milliy ramz maqomiga ega. Bayroqdagi koʻk rang ozodlikning ramzi, oq rang najotning ramzi, qizil rang esa qahramonlar qonini ifodalovchi ramzdr.[1] Fuqarolik bayrogʻi Dominikan Respublikasi bayrogʻi bilan bir xil dizaynga ega, ammo fuqarolik bayrogʻi markazida gerb tasviri mavjud emas. Respublika bayrogʻi Xuan Pablo Duarte tomonidan ishlab chiqilgan va dizaynlashtirilgan.[2]

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dominikan Konstitutsiyasining 21-moddasida tasvirlanganidek, bayroqning markazida choʻzilgan chiziqllari toʻrtta toʻrtburchakga boʻluvchi markazlashtirilgan oq xoch mavjud; ustki qismi chapda koʻk (koʻtaruvchi tomonida) va oʻng tomonida qizil, pastki chap qismi esa qizil (koʻtaruvchi tomonida) va oʻng tomoni koʻk. Davlat gerbi oq xochning markazida joylashgan boʻlib, bayroqda naqshli qalqonga ega dafna (chapda) va palma novdasi (oʻngda) bilan bezalgan; Qalqon tepasida koʻk lentada Dios, Patria, Libertad (inglizcha: Xudo, Vatan, Ozodlik) deb yozilgan milliy shior tasvirlangan. Qalqon ostida esa qizil lentada República Dominicana soʻzlari paydo boʻladi (bu qizil lenta oxirgi versiyalarda uchlari yuqoriga qaragan holda tasvirlangan). Qalqonning oʻrtasida, har ikki tomonida uchta nayza (ikkitasi Dominikan bayrogʻi) bilan oʻralgan, tepasida kichik xoch tasvirlangan Injil kitobning Yuhanno Xushxabari, 8 -bob, 32-oyati ochiq holda Y la verdad os hará libres (Va haqiqat sizni ozod qiladi) deb yozilgan tasviri joylashtirilgan. Bu bayroq ochiq xristian ramzlarini oʻz ichiga olgan 28 ta milliy bayroqlardan biridir.[3] Bundan tashqari, Gaiti, Boliviya, Kosta-Rika, Ekvador, Salvador va Venesuela bilan bir qatorda oʻz gerb tasvirini oʻz ichiga olgan yettita milliy bayroqdan biridir.[4]

Rossiyaning federal sub’ekti boʻlgan Perm oʻlkasi bayrogʻi Dominikan bayrogʻi bilan oʻxshash jixatlari mavjud. 

Ranglar sxemasi Koʻk Qizil Oq
RGB 0,45,98 206,17,38 255,255,255
Oʻn oltilik #002D62 #CE1126 #FFFFFF
CMYK 100 — 54 — 0 - 62 0 — 92 — 82 — 19 0 — 0 - 0 — 0

Prezident shtandarti[tahrir | manbasini tahrirlash]


Boshqa bayroqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Tarixiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „CIA World Factbook - Dominican Republic“. Qaraldi: 23-avgust 2019-yil.
  2. „Dominican Flag“ (en). Worldatlas. Qaraldi: 18-mart 2018-yil.
  3. Green. „Flags, for God's Sake“. brandingthenations.com (20-mart 2015-yil). 3-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2020-yil.
  4. Minahan, James.. The complete guide to national symbols and emblems. Santa Barbara, Calif.: Greenwood Press, 2010. ISBN 978-0-313-34496-1. OCLC 436221284.