Kontent qismiga oʻtish

Dominika Banevič

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dominika Banevič

Banevič 2023-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Litva
Tavallud sanasi 2007-yil 08-iyun
Vilnyus, Litva
Sport
Qaysi sport Break dance
Sport mukofotlari
Olimpiada oʻyinlari
Kumush Parij 2024 B-Girl

Dominika Banevič (polyakcha: Dominika Baniewicz; 2007-yil 8-iyunda tugʻilgan), shuningdek, B-Girl Nicka nomi bilan ham tanilgan, polyak millatiga mansub litvalik breyk-danschi hisoblanadi. U 2023-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi, Parij olimpiadasi kumush medali sohibi[1].

U breyk-dansga 5 yoshida YouTubeda koʻrilgan videolardan ilhomlanib qiziqib qolgan[2]. Onasi oʻsha vaqtda uni raqs toʻgaragiga borish uchun hali juda kichik deb hisoblagan. Dominika esa murabbiy bilan mashgʻulotlarga 8 yoshida kirisha boshlagan. Dastlab „ikkiga ikki“ formatidagi musobaqalarda ishtirok etgan, keyinchalik esa yakka tartibdagi bellashuvlarga oʻtgan[3].

2020-yilda u Litvada breyk-dans boʻyicha milliy chempionatni yutgan birinchi qiz breyk-danschi boʻldi. Keyingi yillarda ham ketma-ket gʻalaba qozonib, 2023-yilga kelib breyk-dans boʻyicha toʻrt karra Litva chempioniga aylangan.

2023-yilda Krakovda oʻtkazilgan Yevropa oʻyinlarida ishtirok etib, yarim finalda ukrainalik Stefani taxallusli Anna Ponomarenkoga bir ball farqi bilan yutqazdi va bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu muvaffaqiyat uni yanada jiddiy mashgʻulotlarga undadi. Oʻsha yilning oʻzida u Yevropa va Jahon chempionatlarida gʻalaba qozonib, Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma oldi – breyk-dans bu oʻyinlarda ilk bor rasmiy sport turi sifatida kiritilgan. Tayyorlanish uchun Dominika bir yilga oʻqishdan tanaffus olib, mashgʻulotlarga va jismoniy tayyorgarlikka eʼtibor qaratdi[4][5].

Olimpiya oʻyinlarida u finalgacha yetib bordi va u yerda ikki karra jahon chempioni yaponiyalik Ami Yuasega (Ami) imkoniyatni boy berdi. 17 yoshli Dominika Litva terma jamoasi tarkibidagi eng yosh ishtirokchi boʻldi.

Olimpiadadan qaytgach, u Litvada aeroportning oʻzida Mercedes EQC 400 elektromobiliga ega boʻldi. Avtomobil hujjatlarini unga Litva golf federatsiyasining sobiq rahbari Cheslav Okinchits topshirdi. Biroq bu sovgʻaning aniq homiysi kimligi oshkor qilinmagan[6].

2024-yilda u Red Bull BC One musobaqasida final bosqichigacha yetib bordi va Niderlandiyalik India Sardjoega magʻlub boʻldi[7]. Shu yili oʻtkazilgan jahon chempionatida esa bronza medalini qoʻlga kiritdi[8].

  1. Adamowicz, Honorata „Polka z Litwy Dominika Baniewicz została mistrzynią świata w breakdance – Kurier Wileński“ (pl-PL). kurierwilenski.lt (2023-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 9-avgust.
  2. Honorata Adamowicz. „Polka z Litwy Dominika Baniewicz została mistrzynią świata w breakdance“ (pl). Kurier Wileński (2024-yil 26-avgust). Qaraldi: 2024-yil 23-avgust.
  3. Martynas Ruseckas. „Meet Dominika Banevič, teenage breaking superstar who wants to ‘write history’ in the Olympics’ newest sport“ (en). CNN (2024-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 23-avgust.
  4. „17-летняя Доминика Баневич (Bgirl Nicka) принесла Литве серебряную олимпийскую медаль по брейкингу“ (ru). Новая газета Европа (2024-yil 10-avgust). Qaraldi: 2024-yil 23-avgust.
  5. Олег Сомин. „38 лет балтийских традиций брейк-данса: от Паланги 1986 и Каунаса 1987 до олимпийского серебра в Париже 2024“ (ru). Delfi (2024-yil 16-avgust). Qaraldi: 2024-yil 23-avgust.
  6. Линас Йоцюс. „Бывший глава федерации гольфа пояснил, почему Алекна остался без Mercedes“ (ru). Delfi (2024-yil 13-avgust). Qaraldi: 2024-yil 23-avgust.
  7. „Red Bull BC One World Final 2024 B-Boy MENNOが4度目 、B-Girl INDIAが2度目の優勝を飾る“ (jp). PR TIMES (2024-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 8-dekabr.
  8. „Japan, Netherlands win golds, Chinese B-Boy achieves first-ever medal at Worlds“ (en). China Daily (2024-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.