Dojdi-pistoleti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Dojdi-pistoleti“
„Zveri“ qoʻshigʻi
„Golod“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2003
Yozib olingan 2002
Janr alternativ-rok
Davomiyligi 3:41
Matn muallif(lar)i Roman Bilik
Bastakor(lar) Roman Bilik
„Golod“ xronologiyasi
„Pingvini“ Dojdi-pistoleti „Dlya Tebya“
Klipi
„Dojdi-pistoleti“ YouTubeda

Dojdi-pistoleti“ (ruscha: Дожди-пистолеты, yaʼni „Yomgʻir-pistoletlar“)) — „Zveri“ rus rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2002-yil eʼlon qilingan. Guruhning 2003-yil chiqarilgan „Golod“ nomli studiyaviy albomiga sakkizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq soʻzini va kuyini guruh solisti Roman Bilik yozgan. 2003-yil kinorejisyyor Aleksandr Voytinskiy boshchiligida qoʻshiq uchun klip suratga olingan[1].

Tarona „Zveri“ guruhining „Vsye luchsheye v odnom“ (2014) albomiga ham kiritilgan. Qoʻshiqning remiksi „Luchiye“ (2013) terma albomiga kiritilgan. Shuningdek, taronaning Bilik rus xonandasi Tatyana Bulanova bilan hamkorlikda ijro etgan versiyasi ham mavjud boʻlib, u Bulanovaning „Belaya cheryomuxa“ (2004) albomiga kiritilgan.

Bilikning soʻzlariga koʻra, qoʻshiq Novorossiysk shahrilik Sveta ismli qiz haqida. Bilik Sveta bilan qurilish texnikumida oʻqiyotgan paytida tanishgan va sevib qolgan. Sveta Novorossiyk shahriga qaytib ketganidan keyin xonanda uning ketidan borib, boshqa bilan koʻrisha boshlaganidan xabar topgan. Oradan yillar oʻtib Bilik MTV telekanaliga bergan intervyularidan birida dastur Novorossiyk shahrida efirga uzatilishi yoki yoʻqligini soʻragan. Ijobiy javob olganidan keyin, kameraga qarab „Sveta, salom! Meni tashlab ketganingdan afsuslansang kerak-a?“ degan[2].

„Dojdi pistoleti“ qoʻshigʻida sevgilisi xiyonat qilgani haqida soʻzlab berayotgan shaxsni eshitish mumkin. Bu Bilik va Voytinskiyning haqiqiy suhbati yozuvi boʻlib, uni klipga kiritishni Voytinskiy taklif qilgan[3]. Bilik dastlab bu firkga qarshi chiqqan, ammo keyinchalik rozi boʻlgan.

Bilik „Dojdi-pistoleti“ nomi bilan avtobiografik kitob yozgan[4]. Kitob 2006-yil nashr qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Дожди-пистолеты – Звери“ (ruscha). Репродуктор. Qaraldi: 3-dekabr 2022-yil.
  2. Власова, Александра „Посвятил «Дожди-пистолеты» изменившей девушке, скрывал свадьбу. Все, что касается Ромы Зверя“ (ruscha). StarHit (7-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2022-yil.
  3. „Роман Билы“ (ruscha). Peoples (8-noyabr 2004-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2022-yil.
  4. Радченко, Кирилл „Рома Зверь - "Дожди-Пистолеты"“ (ruscha). NEWSmuz (7-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]