Doimiy xarajatlar

Doimiy harajatlar(bilvosita xarajatlar, ustama harajatlar) — Buxgalteriya va iqtisodiyotda korxona ishlab chiqarish hajmiga bogʻliq boʻlmagan harajatlar. Ular odatda muntazam ravishda takrorlanib turadi, masalan, har oy toʻlanadigan ijara haqi yoki foiz to‘lovlari. Koʻpincha bunday xarajatlar kapital harajatlar tarkibiga kiradi.
Bu xarajatlar o'zgaruvchan harajatlardan farq qiladi, chunki oʻzgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bogʻliq boʻladi va ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga qarab oʻzgaradi. Doimiy harajatlar esa hisob davri boshida nisbatan aniq boʻladi va ishlab chiqarish hajmidan qatʼi nazar yuzaga keladi.
Masalan, chakana savdo korxonasi savdo hajmiga bogʻliq boʻlmagan holda ijara va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshiradi. Xuddi shuningdek, nonvoyxonada har oygi ijara va telefon harajatlari ishlab chiqarilgan non hajmiga bogʻliq emas, biroq ishchilar soni oshishi bilan mehnat harajatlari ortadi va ular oʻzgaruvchan harajatlar hisoblanadi.
Har qanday ishlab chiqarish korxonasida doimiy harajatlar tarkibiga odatda yer va asosiy vositalar bilan bogʻliq toʻlovlar kiradi. Masalan, uskunalar yoki yer sotib olishga ketgan harajatlar ishlab chiqarish hajmi oʻzgarsa ham oʻzgarmaydi.
Baʼzi hollarda „aralash (yarim oʻzgaruvchan) xarajatlar“ ham ajratiladi. Bunday harajatlar qisman doimiy, qisman oʻzgaruvchan boʻladi[1]. Masalan, telefon xarajatlari umumiy abonent toʻlovi (doimiy qism) va qoʻngʻiroqlar uchun toʻlov (oʻzgaruvchan qism)dan iborat boʻlishi mumkin. Xomashyo xarajatlari esa ishlab chiqarish hajmiga bogʻliq boʻlgani uchun oʻzgaruvchan xarajatlarga kiradi.
Doimiy xarajatlar yangi tadbirkorlar uchun bozorga kirish toʻsigʻi sifatida qaraladi, chunki ular faoliyatni boshlashdan oldin muayyan miqdordagi majburiy xarajatlarni talab qiladi. Marketing sohasida xarajatlarning doimiy va oʻzgaruvchan qismlarga ajratilishi muhim ahamiyatga ega. Bu farq sotuv hajmidagi oʻzgarishlar natijasida olinadigan daromadni prognoz qilish hamda marketing kampaniyalarining moliyaviy taʼsirini baholashda asos boʻlib xizmat qiladi. Taxminan 200 nafar yuqori darajali marketing menejerlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, respondentlarning 60 foizi „doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar“ koʻrsatkichini foydali deb hisoblagan. Ushbu xarajat turlari oʻzaro bogʻliq boʻlib, tadbirkorlik faoliyatida muhim oʻrin tutadi[2].
Iqtisodiyotda qisqa muddatda korxona uchun doimiy xarajatlar mavjud boʻlib, ular oʻzgarmas hisoblanadi. Uzoq muddatda esa barcha ishlab chiqarish omillari oʻzgaruvchan boʻlgani sababli faqat o'zgaruvchan xarajatlar mavjud deb qaraladi.
Tavfsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Doimiy harajatlar mutlaqo oʻzgarmas boʻlmaydi; ular vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi mumkin, biroq maʼlum bir davr doirasida ishlab chiqarish hajmiga nisbatan shartnomaviy majburiyatlar asosida doimiy hisoblanadi. Yaʼni bunday xarajatlar muntazam ravishda yuzaga keladi, lekin ularning miqdori har doim bir xil boʻlib qolmaydi. Masalan, korxona ishlab chiqarishdan bevosita bogʻliq boʻlmagan, oldindan kutilmagan yoki noaniq harajatlarga duch kelishi mumkin; omborxona ijarasi kabi xarajatlar esa faqat ijara muddati davomida doimiy harajat sifatida qaraladi.
Taʼrifga koʻra, uzoq muddatda doimiy harajatlar mavjud boʻlmaydi, chunki bu davrda barcha qisqa muddatli doimiy omillar oʻzgaruvchan omillarga aylanishi mumkin[3][4]. Ishlab chiqarish binolari, uskunalar va korxonaning asosiy tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan investitsiyalar qisqa vaqt ichida sezilarli darajada kamaytirib boʻlmaydigan majburiy doimiy xarajatlar hisoblanadi.
Bundan tashqari, ixtiyoriy doimiy harajatlar ham mavjud boʻlib, ular odatda boshqaruv tomonidan har yil yoki maʼlum davrlarda qabul qilinadigan qarorlar asosida amalga oshiriladi. Bunga reklama, sugʻurta toʻlovlari, uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Bunday ixtiyoriy doimiy xarajatlar korxona uchun sezilarli darajada qimmatga tushishi mumkin[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Accounting Insights, What Are Mixed Costs? Definition and Examples, published on 14 August 2025, accessed on 14 September 2025
- ↑ Farris, Paul W.; Neil T. Bendle; Phillip E. Pfeifer; David J. Reibstein (2010). Marketing Metrics: The Definitive Guide to Measuring Marketing Performance, Upper Saddle River, New Jersey: Pearson Education, Inc. ISBN 0-13-705829-2. The content used from this source has been licensed under CC-By-SA and GFDL and may be used verbatim. The Marketing Accountability Standards Board (MASB) endorses the definitions, purposes, and constructs of classes of measures that appear in Marketing Metrics as part of its ongoing Common Language in Marketing Project (Wayback Machine saytida 2019-04-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ McEachern, William. Economics: A Contemporary Introduction. Mason, Ohio: South-Western Cengage Learning, 2012 — 158-bet. ISBN 978-0-538-45374-5.
- ↑ Schwartz, Robert. Micro Markets: A Market Structure Approach to Microeconomic Analysis. Hoboken, New Jersey: John Wiley & Sons, 2010, 2010 — 202-bet. ISBN 978-0-470-44765-9.
- ↑ Bragg, Steven „What is a discretionary cost?“. Accounting Tools (2011-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 10-mart.