Dogʻvoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dog‘voydan yoʻnaltirildi)

Dogʻvoy (Codonopsis clematidea) — qoʻngʻiroqguldoshlar oilasiga mansub, qoʻlansa hidli koʻp yillik oʻt. Boʻyi 50— 80 sm. Ildizi baquvvat, duksimon. Barglari, asosan, qaramaqarshi oʻrnashgan. Guli qoʻngʻiroqsimon. Tojbarglari och havorang. Iyunda gullab, avgust oxirida meva beradi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi togʻlarning zax yerlarida va daralarning tubida oʻsadi. D.dan kodonopsin va kodonopsinin alkaloidlari olinadi. Poya va barglarida alkaloidlarning umumiy miqdori 0,04— 0,08%. Mahalliy xalqD. poyasi va barglaridan tayyorlangan damlamani bosh ogʻrigʻi, oftob urishi, sariq kasalligi va turli teri kasalliklarini davolashda ishlatadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil