Dogʻvoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dogʻvoy (Codonopsis clematidea) — qoʻngʻiroqguldoshlar oilasiga mansub, qoʻlansa hidli koʻp yillik oʻt. Boʻyi 50— 80 sm. Ildizi baquvvat, duksimon. Barglari, asosan, qaramaqarshi oʻrnashgan. Guli qoʻngʻiroqsimon. Tojbarglari och havorang . Iyunda gullab, avg . oxirida meva beradi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi togʻlarning zax yerlarida va daralarning tubida oʻsadi. D.dan kodonopsin va kodonopsinin alkaloidlari olinadi. Poya va barglarida alkaloidlarning umumiy miqdori 0,04— 0,08%. Mahalliy xalqD. poyasi va barglaridan tayyorlangan damlamani bosh ogʻrigʻi, oftob urishi, sariq kasalligi va turli teri kasalliklarini davolashda ishlatadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil