Dogʻiston togʻ qoʻy zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dogʻiston Togʻ Qoʻy Zotidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Dogʻiston togʻ qoʻy zoti - mayin junli, goʻsht-jun beradigan qoʻy zoti. Dogʻistonda dagʻal mahalliy gunib qoʻylarini Vyurtemberg (Germaniya) mayin junli qoʻchqorlari bilan chatishtirib yetishtirilgan (1933—50) va olingan 2-boʻgʻin duragaylarini tanlash va saralash, togʻ yaylovlariga moslashish qobiliyatini oʻrgangan holda yaratilgan. Togʻ-yaylov iqlimiga yaxshi moslashgan. Pushtdorligi 130—135%. Qoʻchqorlarining tirik vazni 80—85 (ayrimlari 130) kg gacha, sovliqlariniki 50—45 (baʼzida 95) kg . Qoʻchqorlaridan 5,5— 6,0 (10 kg) gacha, sovliklaridan 3,3— 3,5 (6,5 kg) gacha jun qirqib olinadi. Toza jun chiqishi 55—58%. Juni oq, tolasining uz. 8—11 sm. Sof jun (tola) chiqimi 55—56%. D. t. q. z. dagʻal junli qoʻylar sifatini yaxshilashda foydalaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil