Doʻstlikdon aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doʻstlikdon aksiyadorlik jamiyati — oziq-ovqat sanoati korxonasi. Jizzax viloyatining Doʻstlik sh.da joylashgan. "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibiga kiradi. Asosan bugdoy uni va chor-va uchun aralash yem, makaron mahsulotlari ishlab chiqaradi. Quvvati: sutkasiga 300 t bugʻdoy uni (oliy, birinchi, ikkinchi navli), 250 t aralash yem va makaron mahsulotlari. 1977-yilda Doʻstlik don qabul qilish korxonasi, 1987—95 yillarda Doʻstlik don mahsulotlari kombinati, 1995-yildan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1988-yil korxonada 62 ming t sigimli elevator, 1990-yilda quvvati 250 t/sutka boʻlgan omuxta yem sexi, sigʻimi 2500 t boʻlgan tayyor mahsulotlar ombori ishga tushirildi. Shveysariyaning "Byuller" firmasi texnologik uskunalari bilan jihozlangan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil