Doʻst

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Doʻst“
Sardor Rahimxon qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2014
Davomiyligi 3:21 (oʻzbekcha versiya)
3:15 (ruscha versiya)

Doʻst“ — oʻzbek teleboshlovchisi hamda xonandasi Sardor Rahimxon ijro etgan qoʻshiq. 2014-yil eʼlon qilingan. Xonanda qoʻshiqni rus tilida „Drug“ (ruscha: Друг) nomi bilan ijro etgan. 2017-yilda dogʻistonlik bokschi Rasul Albasxanov „Drug“ qoʻshigʻi ostida ringga chiqqan[1]. Shuningdek, Rahimxon qoʻshiqni tojik tilida ham ijro qilgan.

„Doʻst“ qoʻshigʻi fa-diyez minor tonalligida kuylangan[2]. Tarona akustik gitaralar bilan ijro etilgan.

2018-yilda Rahimxon litsenziyasidan mahrum boʻlib, sanʼatni tark etganini eʼlon qilganidan keyin „Doʻst“ qoʻshigʻi ijrolari uning YouTube kanalidan oʻchirilgan[manba kerak].

Oʻzbekcha tabloidlarda Rahimxon „Doʻst“ qoʻshigʻini xonanda Ulugʻbek Rahmatullayevga atab yozgani haqidagi mish-mishlar tarqatilgan. Rahimxonning oʻzi bergan intervyularidan birida buni rad etgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Таниқли боксчи Сардор Раҳимхоннинг “Дўст” қўшиғи остида рингга чиқди“. Popcorn (25-aprel 2017-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2022-yil.
  2. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 12-okyabr 2022-yil.
  3. Шайхов, Қамариддин „Сардор РАҲИМХОН: “Юлдузлик касалига чалинганим рост!”“. Darakchi (7-iyul 2014-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]