Dnepr boʻyi pasttekisligi
Qiyofa
Dnepr boʻyi pasttekisligi, Dnepr pasttekisligi— Ukrainadagi pasttekislik, Dnepr daryosining chap sohilida. Bal. 50—160 m, eng baland joyi 226 m, uz. 500—600 km, eni 200 km, Lyoss, lyossimon qumoq va flyuvioglyasial yotqizikdardan tarkib topgan, ular ustida serunum qoratuproq paydo boʻlgan. Yer yuzasi tekis, faqat Dnepr boʻyi qirlariga yaqin yerlarda soylik va jarlar bor. D. b. p. urmondasht, qisman dasht zonasida. Koʻp qismida dehqonchilik qilinadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |