Dmytro Chyhrynskyi
![]() Chyhrynskyi AEK Athens bilan, 2018-yil | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Dmytro Anatoliiovych Chyhrynskyi[1] | ||
Tavallud sanasi | 7-noyabr 1986-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Iziaslav, Ukraina SSR | ||
Boʻyi | 1.89 m[3] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Ionikos | ||
Raqami | 16 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2002 | UFK Lviv | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2009 | Shakhtar Donetsk | 83 | (7) |
2005—2006 | → Metalurh Zaporizhzhia (ijara) | 15 | (2) |
2009—2010 | Barcelona | 12 | (0) |
2010—2015 | Shakhtar Donetsk | 37 | (4) |
2015—2016 | Dnipro Dnipropetrovsk | 15 | (1) |
2016—2021 | AEK Athens | 83 | (5) |
2021— | Ionikos | 36 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2002 | Ukraina U16 | 4 | (1) |
2002—2003 | Ukraina U17 | 5 | (0) |
2003—2004 | Ukraina U18 | 7 | (0) |
2004 | Ukraina U19 | 4 | (0) |
2003—2006 | Ukraina U21 | 16 | (2) |
2007—2011 | Ukraina | 29 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Dmytro Anatoliiovych Chyhrynskyi (talaffuzi: Dmitriy Chigrinskiy[4]; 1986-yil 7-noyabrda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Gretsiya Superligasining Ionikos klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shakhtar Donetsk[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chyhrynskyi Vyshcha Lihada 2004-yilda, 17 yoshida debyut qilgan. 2005-yilda Ukrainaning Metalurh Zaporizhzhia klubiga ijaraga berildi „Metalurh“dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng Chyhrynskyini Donetskga qaytarishdi. 2004—2005-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida Barcelonaga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi. 20 yoshida „Shakhtar“da Ukraina kubogi finalida Dinamo Kievga qarshi oʻyinda Matuzalém yoʻqligi uchun unga sardorlik bogʻichi berilgan.
Barcelona[tahrir | manbasini tahrirlash]
2009-yilning 26-avgustida „Shakhtar“ va „Barcelona“ o‘rtasidagi uzoq muzokaralardan so‘ng Chyhrynskyi transferi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Transfer 25 million yevroni tashkil etdi. Chyhrynskyi „Barcelona“ safida sobiq jamoasiga qarshi UEFA Superkubogida oʻynadi[5]. 2009-yil 31-avgustda „Barcelona“ Chihrynskyi tibbiy koʻrikdan oʻtganini va besh yilga shartnoma imzolaganini tasdiqladi[6]. Chihrynskyi „Barcelona“da oʻynagan birinchi ukrainalik futbolchi boʻldi[7].
2009-yilning 12-sentabr kuni Getafega qarshi oʻyinda (2:0) „Barcelona“ safida debyut qilgan[8].
Shakhtar Donetskga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 6-iyulda Chyhrynskyi sobiq jamoasi „Shakhtar“ga 15 mln yevro evaziga besh yillik shartnoma imzoladi[9]. 2010-yil 3-noyabrda Chempionlar ligasi doirasidagi Arsenalga qarshi o‘yinda Chyhrynskyi boshi bilan gol urgan.
Chyhrynskyi 2015-yilning 2-fevralida oʻzaro kelishuvga koʻra „Shakhtar“ni tark etdi[10].
Dnipro[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Shakhtar“ni tark etganidan 7 kun oʻtgach, Chyhrynskyi tekinga Dnipro jamoasiga qoʻshildi va bir yillik shartnoma imzoladi[11].
AEK Athens[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-yil 11-iyun kuni Chyhrynskyi Gretsiya Superligasining AEK Athens klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[12]. 2017-yilning 26-fevralida AELga qarshi oʻyinda (3:0) birinchi golini kiritdi[13].
Ionikos[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil 9-sentyabrda Chyhrynskyi Gretsiyaning yangi Superliga klubi Ionikos bilan bir yillik shartnoma imzoladi[14]. 2022-yilning 6-iyulida Ionikos bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi[15].
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chyhrynskyini 2006-yilgi Jahon chempionati terma jamoasiga murabbiy Oleg Blokhin, Serhiy Fedorov jarohati sabab chaqirdi. Jahon chempionatidan oldin, Chyhrynskyi Ukrainaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan 2006-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Ukraina terma jamoasi safida Yevro-2008 saralashida asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlgan[16].
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 10-aprel, 2022-yil holatiga koʻra[17]
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Shakhtar Donetsk | 2003—2004 | Vyshcha Liha | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
2004—2005 | Vyshcha Liha | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 2 | 0 | ||
2005—2006 | Vyshcha Liha | 11 | 3 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 13 | 3 | ||
2006—2007 | Vyshcha Liha | 17 | 0 | 4 | 1 | 8 | 0 | — | 29 | 1 | ||
2007—2008 | Vyshcha Liha | 27 | 3 | 6 | 1 | 8 | 0 | 1 | 0 | 42 | 4 | |
2008—2009 | Ukraina Premyer-ligasi | 23 | 1 | 3 | 0 | 15 | 0 | 1 | 1 | 42 | 2 | |
2009—2010 | Ukraina Premyer-ligasi | 4 | 0 | — | 4 | 0 | — | 8 | 0 | |||
Jami | 83 | 7 | 14 | 2 | 38 | 0 | 2 | 1 | 137 | 10 | ||
Metalurh Zaporizhzhia (ijara) | 2005—2006 | Vyshcha Liha | 15 | 2 | 3 | 0 | — | — | 18 | 2 | ||
Barcelona | 2009—2010 | La Liga | 12 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 14 | 0 | |
Shakhtar Donetsk | 2010—2011 | Ukraina Premyer-ligasi | 16 | 2 | 0 | 0 | 5 | 1 | — | 21 | 3 | |
2011—2012 | Ukraina Premyer-ligasi | 6 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 9 | 0 | ||
2012—2013 | Ukraina Premyer-ligasi | 11 | 1 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | 15 | 1 | ||
2013—2014 | Ukraina Premyer-ligasi | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 1 | |
2014—2015 | Ukraina Premyer-ligasi | 1 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | — | 3 | 1 | ||
Jami | 37 | 4 | 6 | 1 | 8 | 1 | 1 | 0 | 52 | 6 | ||
Dnipro | 2014—2015 | Ukraina Premyer-ligasi | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | |
2015—2016 | Ukraina Premyer-ligasi | 13 | 1 | 4 | 0 | 2 | 0 | — | 19 | 1 | ||
Jami | 15 | 1 | 6 | 0 | 2 | 0 | — | 23 | 1 | |||
AEK Athens | 2016—2017 | Gretsiya Superligasi | 16 | 1 | 4 | 0 | 2 | 0 | — | 22 | 1 | |
2017—2018 | Gretsiya Superligasi | 15 | 1 | 6 | 0 | 7 | 0 | — | 28 | 1 | ||
2018—2019 | Gretsiya Superligasi | 15 | 0 | 6 | 0 | 5 | 0 | — | 26 | 0 | ||
2019—2020 | Gretsiya Superligasi | 21 | 3 | 4 | 0 | 1 | 0 | — | 26 | 3 | ||
2020—2021 | Gretsiya Superligasi | 16 | 0 | 3 | 0 | 5 | 0 | — | 24 | 0 | ||
Jami | 83 | 5 | 23 | 0 | 20 | 0 | — | 126 | 5 | |||
Ionikos | 2021—2022 | Gretsiya Superligasi | 25 | 1 | 0 | 0 | — | — | 25 | 1 | ||
2022—2023 | Gretsiya Superligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | |||
Jami faoliyati | 270 | 20 | 54 | 3 | 68 | 1 | 3 | 1 | 395 | 25 |
Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Manba:[18]
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Ukraina | 2007-yil | 7 | 0 |
2008-yil | 6 | 0 | |
2009-yil | 8 | 0 | |
2010-yil | 5 | 0 | |
2011-yil | 3 | 0 | |
Jami | 29 | 0 |
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shakhtar Donetsk
- Vishcha Liha/Ukraina Premer-ligasi : 2004—2005, 2005—2006, 2007—2008, 2010—2011, 2012—2013
- Ukraina kubogi : 2007—2008, 2012—2013
- Ukraina Superkubogi : 2008, 2013
- UEFA kubogi : 2008—2009[19]
Barcelona
- La Liga : 2009—2010[20]
- FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2009[21]
AEK Athens
- Gretsiya Superligasi: 2017—2018[22]
Ukraina U21
Individual
- 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2006-yil
- Gretsiya Superligasining yil jamoasi: 2017—2018[23]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Chyhrynskyi Dmytro Anatoliiovych“. Ukrainian Premier Liga. Qaraldi: 17-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Ukraina“. FIFA (21-mart 2014-yil). 10-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Dmytro Chygrynskiy“. AEK Athens F.C.. 28-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Чигринський Дмитро Анатолійович“ (uk). Ukrainian Premier Liga. Qaraldi: 17-oktyabr 2021-yil.
- ↑ Collett. „Chygrynskiy plays last match before move to Barca“. Yahoo! Sports (27-avgust 2009-yil). Qaraldi: 28-avgust 2009-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Chygrynskiy signs for five years“. FC Barcelona (31-avgust 2009-yil). 24-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Youth, strength and good ball skills“. FC Barcelona (30-avgust 2009-yil). 16-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-dekabr 2010-yil.
- ↑ Perfect debut for Chygrynskiy FC Barcelona, 12 September 2009
- ↑ Chygrynskiy completes move to Shakhtar FC Barcelona, 6 July 2010
- ↑ „Dmytro Chygrynskiy leaves Shakhtar“. FC Shakhtar Donetsk (2-fevral 2015-yil). Qaraldi: 4-fevral 2015-yil.
- ↑ „Ukraina's Chygrynskiy signs for Dnipro“. USA Today (9-fevral 2015-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
- ↑ Dmytro Chygrynskiy joins AEK FC
- ↑ „Εύκολη επικράτηση για την Ένωση!“ (el). Qaraldi: 12-mart 2017-yil.
- ↑ „Παίκτης του Ιωνικού ο Τσιγκρίνσκι“ (el). to10.gr (9-sentyabr 2021-yil).
- ↑ „Στον Ιωνικό ως το 2024 ο Ντμίτρο Τσιγκρίνσκι“. www.ionikosfc.gr. Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
- ↑ „uefa.com's Team of the Tournament“. UEFA (5-iyun 2006-yil). 1-yanvar 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-iyun 2013-yil.
- ↑ „Ukraina – D.Chygrynskiy – Profile news, career statistics and history“. Soccerway. Qaraldi: 12-sentyabr 2009-yil.
- ↑ Dmytro Chyhrynskyi at National-Football-Teams.com
- ↑ McNulty, Phil. „S Donetsk 2—201 W Bremen (aet)“. BBC Sport (20-may 2009-yil). Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Barcelona 2009—2010: Statistics“. BDFutbol. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „Match report: Estudiantes (La Plata) – Futbol Club Barcelona“. FIFA. 28-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „THE AGONASPORT 2017/18 GREEK SUPER Liga AWARDS“. www.agonasport.com. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Τα βραβεία του ΠΣΑΠ για τη σεζόν 2017-18“ (el). TaMeteora.gr (15-fevral 2019-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.