Dmitriy Yeroxin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Dimitriy Yeroxin
Dmitry Erokhin in Losiny Ostrov 08.jpg
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 1-noyabr 1979 (1979-11-01) (39 yosh)
Tavallud yeri Novokuznetsk, Rossiya
Boʻyi 193 sm
Vazni 88 kg

Dimitriy Yurevich Yeroxin (rus. Дмитрий Юрьевич Ерохин) (1-noyabr, 1979-yil) (Rossiya Novokuznetsk). Rossiyalik ultramarafonchi, sog‘lom turmush tarzini tadbiq qiluvchi jamoat arbobi. Rossiya Geografiya jamiyati aʼzosi.

Biografiya[tahrir]

Dimitriy Yeroxin Novokuznetsk shahrida tug‘ilgan, hozirgi vaqtda Moskvada istiqomat qiladi. Mutaxassisligi- sud yuristi.

Sportdagi karera boshlanishi[tahrir]

Sportdagi karerasining boshlanishi 2006 yilning yozida 26 yoshli Dmitriy Yeroxin yugirish bilan qiziqib qoldi. Oʻzining aytishicha, Andrey Chirkovning „Yugirish mamdakor boʻlsin“ („Beg v pomoщ“) nomli kitobi uni sportga etaklab keldi. Ushbu kitobda avtor oʻzining birinchi marafoniga 100 kunlik tayyorgarchilikni bayon qilgan edi. „Men sportni sevmas edim, lekin ushbu hikoyadan ilhomlanibshu zahotiyoq mashgʻulotlar rejasini tuzdim, 100 kunlik tayyorgarchilik muddati ichida dastlabki yugirish sanasini tayinladim, — bu Nijniy Novogoroddagi marafon edi, — va 96 kunda rejamni amalga oshirishga muvaffaq boʻldim“. Ushbu kitob yordamida Yeroxin ultramarafon yugirish musobaqalarida qatnasha boshladi. 2009 yilning oyida Moskva viloyatining Pushino shahrida oʻtkazilgan Rossiya chempionatida birinchi bor 100 kilometrlik masofani bosib oʻtdi. Yeroxin finishga sakkizinchi boʻlib etib keldi va oʻshandayoq birinchi boʻlib etib kelgan Vsevolod Xidyakov bilan tanishib oldi. Keyinchalik Dmitriy mashgʻulotlarni Xidyakovda oʻtkaza boshladi. Ekstimga boʻlgan moyilligi bois Dmitriy Yeroxin tez orada treylranning — kesishgan hududda yugirish bilan shugʻillana boshladi. 2008 yilning iyul oyida shimoliy Uralda boʻlib oʻtgan „Konjak-XIII“ togʻ marafonida birinchi bor shossedan „peresechyonka“ oʻtish amalga oshdi. Yeroxin uchun treylranning formatidagi birinchi ultramarafon masofa Ukrainaning Ivanovo-Frankovo viloyatida oʻtkazilgan „Salomon Race Karpatika“ 2012 boʻldi. U erga Dmitriy aynan musobaqada qatnanish uchun bordi, chunki oʻsha vaqtlarda Rossiyada bunday musobaqalar oʻtkazilmas edi.

Sahroi Kabir 2013[tahrir]

Dmitriy Yeroxinning aytishicha, uning karerarsidagi eng muhim sinov 2013 yil aprelda Saxara sahrosida oʻtkazilgan „Marathon des Sables“ musobaqalarida qatnashish boʻldi. Murakkabligi, vazifaning nufizi, sportchining oʻz imkoniyatlarini namoyon qila olishi nuqtai nazaridan bu juda muhim edi. Mashgʻulotlarni Dmitriy qish mavsumida Rossiyada harorat −10-15 daraja boʻlgan sharoitda oʻtkazgan. Masofa 230 kilometr boʻlgan oltikunlik yugirish esa +30 +50 harorat ostida oʻtgan. Tashkilotchilar qatnashchilarni suv bilan taʼminlashgan, boshqa barcha narsalar — oziq-ovat (eguli) kiyimbosh, anjomlar, jumladan sahroda tunash uchun zarur boʻladiganlari va shunga oʻhshash zarur buyumlarning hammasini ryukzaklarga joylab orqalariga yuklab yurishlariga toʻgʻri kelgan. Dmitriy minimum vazifa sifatida birnchi yuztalik bilan marraga kelish, maksimum vazifa sifatida esa, birinchi ellikta qatnashuvchilarning safida boʻlishini koʻzlagan edi. Kaloriyaning muhim manbai sifatida olti bosqichga moʻljal qilib olingan choʻchqa yogʻi Dmitriyning jiddiy xatosi boʻldi. Salo ikkinchi kuniyoq erib, eyishga yaroqsiz holatga kelib qoldi. Masofani qolgan qismini och holatda oʻtkazishga toʻgʻri keldi. Rossiyalik boshqa estremal Vladimr Voloshin Dmitriynin qutqazdi, — bir paket uglevod gel va ikkita myusli batonchigi bilan (batonchiki myusley) siyladi. Oxir oqibatda Yeroxin barcha vazifalarni bajarishga muvaffaq boʻldi. U marraga qirq uchinchi boʻlib, Rossiyalik etti nafar qatnashchining ichida birinchi boʻlib marraga etib keldi. Oʻz natijasini baholar ekan, Dmitriy quyidagi fikrlarni bayon qildi: koʻproq shugʻillanish zarur. Menga Dyujakov Alekseyning marra zabt etilgandan soʻng aytgan gapi „Men ruhiyatni etiltirdim, ammo tanani etiltirishim zarur edi“degani yoqdi. Ishlatilmagan zahiralarimni koʻrayapman. Oʻz xatoim natijasida 2-3 sostni yoʻqotdim, bu esa aslida 43-oʻrin emas, balki 30 talik safidan aniq oʻrin olishim ehtimolini tasdiqlaydi.

Moskva — Sochi 2014[tahrir]

2014 yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari arafasida Dmitriy Yeroxinning Moskvadan Sochiga hayriya tariqasidagi yugirishi katta olqishlarga va ommaviy (ijtimoiy) rezonansga sabab boʻldi. „Orbi“ fondi tomonidan oʻtkazilayotgan aksiya insultga qarshi kurash kompaniyasi doirasida sotsial reklamani tasmaga tushirish uchun lozim boʻlgan 100 000 rubl yigʻish edi. Uning Prezidenti Darya Lisichenko Dmitriy kabi marafon yugirish bilan shugʻillanadi. Mablagʻlarni yigʻish Planet.ru kraunding maydonchasida tashkillashtirilgan boʻlib, chiqishni (yugirishni) yirik axborot agentliklari yoritib borardilar: AQSh va Yevropada shunday anʼana mavjud — har qanday jiddiy chiqishlarni sportchi oʻzi uchun qadrli boʻlgan hayriya gʻoyasining muvaffaqiyatiga bagʻishlaydi. Men oʻz chiqishimni insulga qarshi kurashishga bagʻishlayman, chunki bu kasallik nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda jiddiy muammo ekanligini yaxshi bilaman. Undan tashqari, yugirish — insultning aʼlo darajadagi profilaktikasi, fond esa aynan ana shu kasallikni boshdan kechirgan kishilarga yordam beradi. Mening chiqishimni insultdan keyin tiklanishga qiyoslash mumkin — bu gʻalabga ishongan holda, maqsaddan ortga chekinmay, kundalik bir xil, zerikarlik ishni bajarish orqali oʻzingni oʻzing engib borishdek. 7 yanvar 2014 yil Moskva vaqti bilan soat 10-00da qizil maydondagi „Nol kilometr“ belgisidan Yeroxin yugirishni boshladi. Dmitriyni qoʻllab-quvvatlashni istovchilarning barchasiga imkonyatlar mavjud edi, masofaning boshlanishida bir necha yuguruvchilar unga qoʻshiladilar. Shuningdek, uning doʻsti Aleksey Merkulovavtomobilda Yeroxinni masofaning boshlanishidan oxirgacha kuzatib bordi. Yeroxin va Merikulovga doimiy ravishda boshqa yuguruvchilar qoʻshilardilar, baʼzilari ular bilan birga bir necha oʻn kilometrni bosib oʻtdilar. Grafik boʻyicha Yeroxin kuniga 55-60kilometrdan yugirish va 30 kundan keyin 7-fevralda Sochiga aynan Olimpiya oʻyinlaring ochilishi marosimiga etib borishi koʻzda tutilgan edi. Marshurutning asosiy qismida Dmitriy M4 („Don“ avtoyoʻli) trassasi boʻylab yugirdi. 23 kunda 1376 kilometr yoʻlni bosib oʻtdi va 29-yanvarda Krasnodarga etib bordi. Yoʻl boʻylab u koʻpgina katta shaharlarni bosib oʻtdi — Lipesk, Voronej va Rostov-na-Donu. Mehmonxonalarda toʻxtab marshurut fotolarini Insotgramga joylab doimiy ravishda jurnalistlar bilan muloqat olib borardi. Sochiga etib borish uchun Yeroxin yana bir necha kun kerak boʻldi. Moʻljallangan vaqtdan oʻzib, kuniga 80-90 kilometrdan yugirib Dmitriy ultramarafonni bir necha kunga avvalroq tugatishga muvaffaq boʻldi. 2-fevralda u Olimpiya oʻyinlari poytaxtining maʼmuriy chegarasiga, Magri mikrorayoni yaqiniga etib keldi. Umumiy hisobda Yeroxin 1700 kilometr yoʻlni bosib oʻtdi. 8-fevralda mablagʻlarni yigʻish muvaffaqiyatli yakunlandi va 130 000 rubl yutib oldi.

Issiq koʻl 2014[tahrir]

2014 yilning oktabrida Dmitriy Yeroxin bolalr saratoniga qarshi fond foydasi uchun Issiq koʻl qirgʻogʻi boʻlab 350 kilometr yoʻlni yugirib oʻtdi.

Uch opa singil[tahrir]

2015 yilgi Dmitriy Yeroxin „Uch opa singil“ yozgi ultramarafonini tashkillashtirdi va shaxsan oʻzi unda ishtirok etdi. Marafon gʻoyasi (muallif D.Yeroxi) Rossiya, Ukraina va Belorussiya atletlari turli vaqtlarda uchta poytaxtdan yoʻlga chiqdilar va bir vaqtda uchta davlatning kesishgan chegarasida oʻrnatilgan „Uch opa-singil“ memoriali oldida uchrashdilar 2016 yilda „Uch opa singil“ marafon yugirishi boʻlib oʻtdi, lekin Yeroxin unda qatnashmadi. U vaqtda Dmitriy keyingi nufuzli proektga tayyorgarlik koʻrayapgan edi. Yugirish Baykal koʻli atrofi boʻlab 1400dan 2000 kilometr masofani (yoʻlda uchrashi mumkin boʻlgan shart-sharoitlarga bogʻliq ravishda) tashkil etib, 50 kun ichida bosib oʻtilishi koʻzda tutilgan.

Baykal 2016[tahrir]

Ultratreyl „Baykal“ ham Dmitriy tomonidan oʻylab chiqilgan gumanitar mediya aksiyasi edi. Yeroxinning maqsadi, Baykalga va Pribaykal regionining muammolariga, birinchi navbatda ekologik muammolarga, shuningdek faol dam olish va turizmni rivojlantirish uchun qulay zona zahiralarga keng jamotchilikning eʼtiborini qaratish edi. Undan tashqari, Dmitiriy oʻzining bu yugurishini viki-ekspeditsiya sifatida baholab foydali materiallarni ensiklopedik yigʻish, obʼektlarning fotorasmlarini tushirish va keyinchalik ularni Vikiskladga yuklash va Vikipediyaning baykal mavzusiga oid maqolalarini illyustratsiyalashni koʻzlagan edi. 2016 yilning 1-iyulida Dmitriy Yeroxin paromda Listvyanka posyolkasidan Baykal portiga etib keldi. Shu erdan u yugirishini boshladi. Dmitriy konsultantlarga, moliyaviy koʻmakka, shuningdek avtomobil, katamaranga ega boʻlgan kuzatib boruvchi guruhga ega edi. Bulardan tashqari, Yeroxin bilan bir vaqtda yana bir ekstremal Aleksandr Soldatov ham, baydarkada Baykalni aylanib chiqishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan edi. Shunday boʻlsa-da, yugirish vaqtining asosiy (katta) qismida Dmitriy yolgʻiz edi. Uning qoʻlida sputnik aloqasi, kompas va xarita bor edi, sutkasiga bir marotaba ovatlar, guruh bilan esa navbatdagi kunning yakunida uchrashar edi. Tunlarni turbaza va kempinglarda oʻtkazishga harakat qilardi. Dmitriyning harakatlanishini internetda iridium 360 portalida kuzatish mumkin edi. Marshurutning asosiy qiyinchiligi — bu shart-sharoitlarning keskin oʻzgaruvchanligi: haroratni kesin oʻzgarishlari, landshaftning oʻzgaruvchanligi, aholi yashaydigan hududlar va sharqiy sohilning mutlaqo yovvoyi hududlari. Turli xil kutilmagan vaziyatlarga va qoʻshimcha fatorlarga: botqoq, mayda chivinlar, oʻrmon yongʻinlari, yovvoyi hayvonlar va boshqa shu kabilarga tayyor turish zarur edi. Bir necha kun davomida Dmitriy yonayatgan oʻrmon yonidan yurishga majbur boʻldi, ikki marta falshfeyr yordamida ayiqni haydashga ham toʻgʻri keldi. Jurnalistlarning savoliga javob berar ekan murakkabligi jihatidan baykal treyli Saxara ultramarafonidan qolishmasligi, baʼzi bir tomonlari bilan hattoki murakabroq ekanligini taʼkidladi. 28-iyulda Yeroxin Katelnikovskiy burnidan 24 kilometroʻtdi va zimoveda tunni oʻtkazdi. Ertalab uygʻonganida harorati 40oS edi. Bir sutkada sportchining ahvoli ogʻirlashdi, gallyutsinatsiyalar boshlandi: (nol) 0 kilometr. Harorat 39.6. Qimirlamay choʻzilib yotibman, spalnik ustimda., birdan qizib ketaman, yo birdan sovub ketaman. Bu holat doimiy takrorlanyapti. Har safar oʻrnimdan turishim — azob. Juda ham madorsizlanib qoldim. Birinchi marta bugun tunda baykal tushlarini koʻra boshladim — Dmitriy Yeroxin jurnalidan. Kleshevoy ensefalit shubhasi bilan bilan Yeroxin severobaykalsk kasalxonasining infeksion boʻlimiga zudlik bilan gospitalizatsiya qilindi. Unga immunoglobulin bilan muolaja kursi oʻtkazildi. Bir necha kundan soʻng Dmitriy Ulan-Udedagi kasalxonaga oʻtkazildi. 12-avgustda muolajani davom ettirish uchun Moskvaga joʻnab ketdi. 28 kun davomida Yeroxin 1200 kilometrmasofani bosib oʻtdi — marraga yana 500 kilometrqolgan edi.

2017-yil rejalar[tahrir]

Losiniy orolidagi mashgʻulotlar, fevral 2017. Dmitriy Yeroxin aktivida 2016 yilning oxirida 46-marafon va bir necha ultramarafon mavjud edi. 2017 yilning 1-yanvarida „Yilning eng bemaʼni kunini maʼno bilan toʻldir“ devizi ostida III-Moskva yangi yil marafonida qatnashdi. Dmitriy 2009 yildan beri Yangi yilni masofadan kutish anʼanasiga rioya qiladi. Bu bilan u, yugirishni bayromona toʻkin dasturxonga nisbatan sogʻlom alternativa ekanligini targʻib qiladi. Biz million kilometr yugirib oʻtganimizdan soʻng kelgan 1-yanvarda dunyo yaxshiroq boʻladi. Bunda bizning hissamiz bor. Ammo biz, birgalikda milliard kilometrlarni bosib oʻtganimizdan keyingi kun esa, biz boshqa bir dunyoda uygʻonamiz — Dmitriy Yeroxin. Yeroxinning 2017 yildagi asosiy maqsadlari — Saxara marafoni (mart oyida boʻlib oʻtgan), Everest marafoni (may oyida), Rossiyaning oltin halqasi boʻylab ultramarafon, 8 ta shaharlararo iyun oyida Yeroxin Moskadan Troitsa-Sergieva lavragacha boʻlgan 120 kilometrlik masofani 21 soatda bosib oʻtib rekord oʻrnatdi. Avgust oyida Saxalin orqali shimoldan janubga viki-zabeg yugirishini amalga oshirdi. Bir necha norasmiy rekordlarni qayd etdi.

Vikimedia loyihasida ishtiroki[tahrir]

Djimmi Ueylening Maskvaga tashrifi vaqtida. Dmitriy Yeroxin −2009 yildan buyon rus Vikipediyasining faol ishtirokchisi (Erokhin niki ostida). 500 dan oriq maqolalarning muallifi. 2012 yilning yakunlari boʻyicha yilning eng sermahsul avtori sifatida 4294ta maqola bilan „Viki-premiya“ga sazovor boʻldi. 2015 yildan buyon Dmitriy Yeroxin Vikipediyaning targʻibotchisi sifatida faoliyat olib boryapti. Uni toʻldirishdagi oʻzining ishtiroki haqidagi hikoya qilish orqali erkin ensiklopediyaning ishlash prinsiplari haqida ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda shahrlar berib boryapti. 2016 yildagi Baykal atrofi boʻylab ultramarafon Dmitriy Yeroxin tomonidan viki-ekspeditsiya sifatida pozitsiyalashtirilgan. Marafonning yakunlari boʻyicha vikiskladga koʻplab tasvirlar yuklangan shuningdek, baykal mavzusiga tegishli qator maqolalar yozilgan va toʻldirishlar kiritilgan. 2016 yilning sentyabridan Vikipediyaning asoschisi Djimmi Ueyls Moskvada auditoriya oldida chiqish qildi. U Dmitriy Yevroxinning baykal viki-ekspediysiyasi haqida gapirib berdi va oʻzining nutqi davomida Dmitriyni prezidumga taklif qildi. 2017 yilning avgustida Saxalin orqali shimoldan janubga viki-ekspeditsiya oʻtkazildi. Dastlabki reja 948 km. 15 kunda, yakunida 1200 km. 19 kunda. Viki-ekspeditsiya davomida foto rasmlarni Vikislad uchun tushirishga muvaffaq boʻldi. 2017 yildan beri Dmitriy Yeroxin „Vikimedia RU“ notijorat sheriklik aʼzosi hisoblanadi.