Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Yashin (1981-yilda tugʻilgan futbolchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dmitriy Yashin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dmitriy Vladimirovich Yashin
Tavallud sanasi 27-oktyabr 1981-yil (1981-10-27) (44 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.90 m (6 ft 3 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998—2003 FC Volga Ulyanovsk 62 (0)
2004—2005 FC Lada Togliatti 14 (0)
2006 Kuban Krasnodar 0 (0)
2006 Dinamo (Mahachqalʼa) 17 (0)
2007—2009 FC KAMAZ Naberejniy Chelniy 76 (0)
2010—2013 Ural Sverdlovsk 22 (0)
2013—2021 FC Shinnik Yaroslavl 183 (0)
2021 FC Krasava 15 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dmitriy Vladimirovich Yashin (ruscha: Яшин, Дмитрий Владимирович; 1981-yil 27-oktyabrda, Toshkentda tugʻilgan) – rossiyalik nafaqadagi futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Rossiya sport ustasi[1].

Ulyanovsk futbol maktabi tarbiyalanuvchisi[2]. Professional faoliyatini mahalliy „Volga“ jamoasida boshlagan. Volga klubi tarkibida 6 mavsumda 62 ta oʻyin oʻtkazgan. 2004-yilda Tolyattining „Lada“ klubiga oʻtgan[3]. Dmitriy 2006-yilda „Kuban“ klubiga oʻtgan. Mavsum davomida, yarim yil ichida atigi ikki marta qaydnomaga kiritilgan, natijada oʻsha mavsumning ikkinchi davrasini Mahachqal’aning „Dinamo“ klubida boshlagan. Dogʻiston poytaxti jamoasi oʻsha yili Birinchi divizionda omon qolish uchun kurashgan. U darhol asosiy darvozabonga aylandi va 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol oʻtkazib yuborgan. „Dinamo“ professional klub litsenziyasidan mahrum qilinganidan soʻng, Dmitriy „KAMAZ“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2010-yildan 2013-yilgacha „Ural“ jamoasida oʻynagan[4]. 2013-yil iyun oyi oxirida Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga koʻchib oʻtgan[5].Yaroslavldagi uzoq muddatli faoliyatidan soʻng, u 2021-yilning yozida „Krasava“ klubiga oʻtgan va u yerda oʻyinchi murabbiy boʻlgan.

Yashin 2022-yil 15-fevralda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini va „Sochi“ akademiyasining murabbiylar shtabiga oʻtganini eʼlon qildi[6][7]. 2025-yil 1-yanvardan L. I. Yashin nomidagi „Dinamo“ akademiyasining Ulyanovsk shahridagi filialini boshqargan[8].

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilda u Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynagan[9].

Ural
  • FNL chempionati gʻolibi: 2012/13
  • Rossiya bayrogʻi Ikkinchi divizion Ural-Volgaboʻyi zonasi terma jamoasi
  • PFL „Umid“ kubogining eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi darvozaboni: 2004[10]
  1. Prikaz "O prisvoenii sportivnogo zvaniya „Master sporta Rossii“" ot 30 avgusta 2019 g. № 119 ng
  2. „ru:ОБ ИЗМЕНЕНИЯХ В СОСТАВЕ «УРАЛА»“ (Russian). FC Ural Sverdlovsk Oblast (2013-yil 28-may). 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-iyul.
  3. „Яшин возглавил в Ульяновске академию Яшина / Новостной портал Ульяновска / 73online.ru“. 73online.ru. Qaraldi: 2025-yil 26-yanvar.
  4. „Яшин продолжит выступления за «Урал»“. 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
  5. „Голкипер «Урала» Яшин перешёл в «Шинник»“. 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
  6. „Экс-вратарь «Шинника» Дмитрий Яшин стал тренером“. 2022-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
  7. „Ярославский голкипер ушел тренировать сочинский клуб“. 2022-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
  8. „Яшин возглавил в Ульяновске академию Яшина / Новостной портал Ульяновска / 73online.ru“. 73online.ru. Qaraldi: 2025-yil 26-yanvar.
  9. „Яшин, олимпионик и «спартачи»: сборная России из ульяновских футболистов“. 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
  10. Yejenedelnik „Futbol-Review“, № 45/46/2004, spesialnoe prilojenie PFL – № 39/2004 (19—25 noyabrya 2004 goda), str. VI – Dmitriy Yashin – Vrataryom stal sluchayno