Dmitriy Sinitskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dmitriy Dmitriyevich Sinitskiy (1907.18.1, Ukrainaning Kirovograd viloyati — 1970.2.7, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). 1945 yildan Oʻzbekistonda. "Mushtum" jurnal va gaz.larda bezatuvchi rassom. S. ijodi bilan gazetajur. plakati rivojiga samarali hissa qoʻshgan; hayotda uchrab turadigan kamchiliklar, salbiy illatlar, yaramas odatlarni fosh etuvchi karikaturalari, rasmlari gazetalar va "Mushtum", "Gʻuncha" jurnal sahifalarida, "Jangovar qalam" plakatlar turkumida nashr qilingan. Zulfiya, A. Udalov, Poʻlat Moʻmin va boshqa adiblarning kitoblarini badiiy bezagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil