Kontent qismiga oʻtish

Djibril Sidibé (1992-yilda tugʻilgan futbolchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Djibril Sidibé
Sidibé 2018-yilda Fransiya terma jamoasi safida oʻynamoqda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Djibril Sidibé[1]
Tavallud sanasi 1992-yil 29-iyul (1992-07-29) (34 yosh)[2]
Tavallud joyi Troyes, Fransiya
Boʻyi 1.83 m[3]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AEK Athens
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2010 Troyes
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Troyes 41 (1)
2012—2015 Lille II 6 (1)
2012—2016 Lille 96 (7)
2016—2022 Monaco 129 (4)
2019—2020 → Everton (ijara) 25 (0)
2022— AEK Athens 2 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2013 Fransiya 20 yoshgacha 10 (0)
2013 Fransiya 21 yoshgacha 1 (0)
2016—2018 Fransiya 18 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 9-noyabr uchun)

Djibril Sidibé (talaffuzi: Djibril Sidibe; 1992-yil 29-iyulda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi. U Gretsiya Superligasining AEK Athens klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Sidibé Fransiya terma jamoasi bilan 2018-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sidibé toʻliq himoyachi sifatida oʻynaydi, lekin undan yarim himoyada ham foydalanish mumkin. Faoliyatini 2000-yilda, 8 yoshida tugʻilib oʻsgan shahrining Troyes klubida boshlagan[4]. Sidibé klubdagi debyutini 2009—2010-yilgi mavsumda, klub Fransiya futbolining uchinchi divizioni boʻlgan Championnat Nationalda oʻynagan vaqtida oʻtkazdi. U professional debyutini 2010-yilning 17-sentyabrida Grenoblega qarshi liga oʻyinida amalga oshirgan[5].

Troyesning Liga 1ga koʻtarilishiga yordam berganidan soʻng, 19 yoshli futbolchi 2012-yilning iyul oyida Mathieu Debuchyning oʻrinbosari sifatida Lille bilan shartnoma imzoladi[6]. Sidibé 2012-yilning 25-avgustida OGC Nicega qarshi oʻyinda Lille safida debyut qildi, bu uning Liga 1dagi ilk uchrashuvi ham boʻldi va Sidibé 2:2 hisobidagi durangda 59-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi golni urdi[7][8]. Lillening 2012—2013-yilgi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida Minskda BATE Borisovga qarshi 20-noyabr kuni oʻtkazilgan oʻyinda Sidibé birinchi boʻlimda uzoq burchakdan berilgan zarba bilan gol urib, Lillega BATE Borisovga qarshi 3-1 hisobida kechgan 1-turdagi magʻlubiyat uchun qasos olishga yordam berdi. Sidibé ikkinchi boʻlimda ikkinchi marta qilgan qoidabuzarligi uchun maydondan chetlatildi, ammo Lille uchrashuvda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va 2012—2013-yilgi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi yagona ochkosini qoʻlga kiritdi[9].

Sidibé 2016-yilgi Coupe de la Liga finalida Paris Saint-Germainga qarshi oʻyinda klubining hisobini raqibi bilan tenglashtirgan golni kiritdi, ammo PSG yakunda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 

2016-yilning 8-iyulida Sidibé 5 yillik shartnoma asosida Monacoga oʻtdi[10]. 22-noyabr kuni u Monaco safida Benjamin Mendy tomonidan 48-daqiqada uzatilgan goliga uzatmani boshi bilan darvozaga yo‘lladi va 53-daqiqada Thomas Lemarga golli uzatmani amalga oshirdi. Shunday qilib, Monaco 2016—2017-yilgi UEFA Chempionlar ligasining E guruh bosqichi 5-tur uchrashuvida Tottenham Hotspurni o‘z uyida 2:1 hisobida mag‘lub etdi va Monaco 7-dekabr kuni guruh o‘yinlari yakuniga ko‘ra E guruhida birinchi o‘rinni egalladi[11].

Monaco bilan birinchi mavsumida Sidibé jamoa tarkibida oʻziga xos rol oʻynadi, klub 17 yil ichida birinchi marta Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritdi va Sidibé UNFPda Liga 1dagi yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi deb topildi[12].

Evertonda ijara

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 7-avgustda Sidibé bir mavsum davomida oʻynash uchun Premyer-liganing Everton jamoasiga ijara asosida qo‘shildi; shartnoma ijara oxirida uni doimiy oʻyinchiga aylantirish imkoniyatini oʻz ichiga olgan[13].

2022-yil 9-sentyabrda Sidibé ikki yillik shartnoma asosida Gretsiya Superligasining AEK Athens jamoasiga o‘tdi[14].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sidibé FIFA Jahon chempionati kubogini ushlab turibdi, 2018-yil

Sidibé Fransiyaning UEFA Euro 2016da ishtirok etgan terma jamoasi tarkibi aʼzosi edi[15].

2016-yil 25-avgustda Sidibé birinchi marta Italiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Belarusga qarshi oʻyin uchun Fransiyaning kattalar terma jamoasiga chaqirildi[16]. U 1-sentyabr kuni San Nicola stadionida Italiyaga qarshi oʻyinda debyut qildi va butun oʻyin davomida oʻynab, 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[17].

Sidibé 2017-yilning 13-iyunida Angliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (3:2) Fransiya terma jamoasi safidagi ilk golini kiritdi[18].

2018-yilning 17-may kuni u 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashuvchi 23 nafar Fransiya terma jamoasi oʻyinchilari tarkibiga chaqirildi[19].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sidibé kelib chiqishidan malilik musulmondir[20].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 1-may holatiga koʻra[21]:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
DivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirok GollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Troyes 2009—2010 Championnat National 100000——10
2010—2011 Liga 2 600000——60
2011—2012 3413010——381
Jami 4113010——451
Lille 2012—2013 Liga 1 141201131—203
2013—2014 2003010——240
2014—2015 252103030—322
2015—2016 3742042——436
Jami 967819361—11911
Lille II 2012—2013 CFA 30————30
2013—2014 10————10
2014—2015 21————21
Jami 61————61
Monaco 2016—2017 Liga 1 2922040121—473
2017—2018 27210303011353
2018—2019 26010104000320
2020—2021 30040———340
2021—2022 17030—60—260
Jami 129411080251111746
Everton (ijara) 2019—2020 Premyer-liga 2501020——280
Faoliyati jami 290132312033121136519
2018-yil 26-iyun holatiga koʻra[22]:
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Fransiya 2016 6 0
2017 8 1
2018 4 0
Jami 18 1
2018-yil 26-iyungacha boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Fransiya hisobi birinchi boʻlib roʻyxatga olingan, hisoblar ustuni har bir Sidibéning golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.
Djibril Sidibe tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
№ Sana Joy Ishtiroki Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2017-yil 13-iyun Stade de Frans, Sen-Deni, Fransiya 10  Angliya 2-1 3—2 Oʻrtoqlik

Lille

  • Coupe de la Liga 2-o‘rin: 2015—2016 

Monaco

  • Fransiya kubogi 2-oʻrin: 2020—2021[23]
  • Coupe de la Liga 2-oʻrin: 2016—2017, 2017—2018 

Fransiya

Individual

  • UNFP Liga 1da yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2016—2017[12]

Ordenlar

  1. ↑ "Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination" (fr). Official Journal of the French Republic 2019 (1). 1 January 2019. PRER1835394D. https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000037909703. Qaraldi: 28 November 2020.Djibril Sidibé (1992-yilda tugʻilgan futbolchi)]]
  2. ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: France“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. ↑ „Sidibe - Athens“. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
  4. ↑ „Les bons débuts de Djibril Sidibé!“ (fr). L'Est Eclair (2010-yil 5-iyul). 2012-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-sentyabr.
  5. ↑ „Grenoble v. Troyes Match Report“ (en) (2010-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 17-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  6. ↑ „Lille seal Sidibe capture“. ESPNFC (2012-yil 25-iyul). 2013-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  7. ↑ „OGC NICE 2 - 2 LOSC“. LILLE OSC (2012-yil 25-avgust). 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  8. ↑ „OGC Nice 2-2 LOSC Lille“. LFP (2012-yil 25-avgust).
  9. ↑ „LOSC boys drain the life from BATE“. UEFA (2012-yil 20-noyabr).
  10. ↑ „Djibril Sidibé pour 5 saisons“. AS Monaco. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
  11. ↑ „AS Monaco vs Tottenham Hotspur 2016-2017 UEFA Champions League group stage Group E match summary“. www.uefa.com (2016-yil 22-noyabr).
  12. 1 2 3 „Trophées UNFP : Le Palmarès Complet de l'Édition 2017“. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
  13. ↑ „Everton seal loan deal for World Cup winner Djibril Sidibe“. Liverpool Echo (2019-yil 7-avgust). Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  14. ↑ „Djibril Sidibe signed for AEK FC!“. aekfc.gr. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
  15. ↑ „N'Golo Kante in France's Euros squad; Lacazette, Gameiro, Ben Arfa miss out“. espnfc.co.uk (2016-yil 12-may). 2016-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  16. ↑ „Corchia, Kurzawa et Sidibé appelés pour affronter l'Italie et la Biélorussie, pas Evra“. lefigaro.fr (2016-yil 25-avgust).
  17. ↑ „Italy vs. France - 1 September 2016 - Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2016-yil 5-sentyabr.
  18. ↑ „France 3-2 England“. BBC Sport.
  19. ↑ „Alexandre Lacazette and Anthony Martial on standby for France World Cup squad and Dimitri Payet out - Football News - Sky Sports“. www.skysports.com.
  20. ↑ „Beautiful diversity: Football to spur social reform as Muslim players shine for France at World Cup“. tribune.com.pk (2018-yil 16-iyul).
  21. ↑ „D. Sidibé: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2016-yil 23-noyabr.
  22. ↑ „Sidibé, Djibril“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  23. ↑ „PSG beat Monaco to win French Cup“ (en-GB). BBC Sport (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
  24. ↑ McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.