Dizel Rudolf
Qiyofa
![]() | Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
DIZEL (Diesel) Rudolf (1858.18.3, Parij — 1913.29.9, La-Mansh) — nemis ixtirochisi. Myunxendagi Oliy politexnika maktabini bitirgan (1878). Yonilgʻining siqilgan havoga purkalishidan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli (dizel)ni yaratgan. D. oʻz dvigateli uchun 1892 yilda patent olgan. Bu bilan D. ideal Karno siklita yaqin boʻlgan siklda ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish gʻoyasini ilgari surdi; bunda toza havoni 25 Mn/m2 (250 kgkuch/sm2)gacha siqib eng yuqori temperaturaga erishdi. Bir qadar takomillashtirilganidan keyin (1897) dvigatel arzon yonilgʻi (neft mahsuloti) bilan puxta ishlaydigan va transportda keng qullaniladigan boʻlib qoldi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |