Kontent qismiga oʻtish

Diyorbakir viloyati (Usmoniylar imperiyasi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Diyâr-ı Bekr viloyati (armancha: Տիգրանակերտի նահանգ, usmonli turkcha: ولايت دياربكر‎)[1] – Usmoniylar imperiyasining birinchi darajali maʼmuriy boʻlinmasi (viloyat), toʻliq hozirgi Turkiya hududi ichida joylashgan edi. Shimolda Furot daryosi oʻyidagi Palu tumanidan janubda Mardin va Nusaybingacha, yaʼni Mesopotamiya tekisligining chekkasigacha choʻzilgan[2]. 1923-yilda Turkiya Respublikasi tashkil etilgach, bu hudud yangi davlat tarkibiga kiritildi.

XX asr boshlarida Diyorbekr viloyati maydoni taxminan 18,074 kvadrat milya (46,810 km2) boʻlgan, 1885-yilda oʻtkazilgan Usmoniylarning aholini roʻyxatga olish boʻyicha ilk harakarlari natijalariga (1908-yilda eʼlon qilingan), aholisi 471 462 kishini tashkil etgan[3]. Aholi soniga oid maʼlumotlarning aniqligi ular toʻplangan mintaqaga qarab „taxminiy“dan „faqat faraziy“gacha oʻzgaradi[3].

Diyarbakir viloyati 1867-yilda tashkil etilgan[4]. 1867 yoki 1868-yillarda Mamuret-ul-Aziz va Kurdiston eyaleti Diyorbekr viloyati bilan birlashtirilgan. 1879–80-yillarda esa Mamuret-ul-Aziz yana ajratilib, alohida Mamuret-ul-Aziz viloyatiga aylantirilgan[4]. Bu viloyat imperiyaning olti arman viloyatidan biri edi[5].

Maʼmuriy boʻlinmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1907-yilda Diyorbekr viloyatidagi tumanlar xaritasi

Viloyatning sanjaklari[6]:

  1. Diyorbekr sanjagi (Diyarbakır, Lice, Silvan, Derik, Beşiri);
  2. Mardin sanjagi (Mardin, Cizre, Midyat, Savur, Nusaybin va, ehtimol, Silopi ham);
  3. Ergani sanjagi (Maden, Palu);
  4. Siverek sanjagi (1907-yilda Diyorbekrdan ajratilgan) (Siverek, Çermik, Viranşehir).

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatdagi xristian aholisi Birinchi jahon urushi davrida 1915-yilgi Diyorbekr genotsidi chogʻida tizimli ravishda qatl etilgan.

  1. Hathi Trust Digital Library – Holdings: Salname-yi Vilâyet-i Diyarbakır.
  2.  Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Diarbekr" Encyclopædia Britannica (11chi nashri) Cambridge University Press 
  3. 3,0 3,1 Asia by A. H. Keane, page 460
  4. 4,0 4,1 Klein, Janet „State, Tribe, Dynasty, and the Contest over Diyarbekir at the Turn of the 20th Century“, . Social Relations in Ottoman Diyarbekir, 1870-1915. Brill, 2012 — 172-bet. ISBN 978-90-04-22518-3. 
  5. Klein, Janet „State, Tribe, Dynasty, and the Contest over Diyarbekir at the Turn of the 20th Century“, . Social Relations in Ottoman Diyarbekir, 1870-1915. BRILL, 2012 — 148-bet. ISBN 978-90-04-22518-3. 
  6. Diyarbekir Vilayeti | Tarih ve Medeniyet

VikiombordaDiyarbekir Vilayet“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.