Diyor Mudar

Diyor Mudar (arabcha: دِيَارُ مُضَرَ) al-Jazira (Yuqori Mesopotamiya) tarkibidagi uch viloyatdan biri, hududning eng gʻarbiyda joylashgan. Ushbu nom oʻrta asrlarda arablar tomonidan qoʻllanilgan boʻlib, qolgan ikki viloyat Diyor Bakr va Diyor Rabi’a deb atalgan. Oʻrta asr geografi al-Balozuriyning yozishicha, bu uch viloyat VII asrda sodir boʻlgan ilk musulmon istilolari davrida Muoviya I oʻsha hududlarga joylashtirgan asosiy arab qabilalari nomlari bilan atalgan. Diyor Mudarda Mudar qabilasi joylashtirilgan edi.
Diyor Mudar Furot daryosi oʻrta oqimining ikkala sohilini qamrab oladi. Bu hudud Samosata mintaqasidan Ana shahrigacha choʻzilgan boʻlib, Balix daryosi hududi va Xobur daryosining quyi oqimlarini oʻz ichiga oladi. Viloyatning asosiy shaharlari janubdagi Raqqa va shimoldagi Edessa (arabcha ar-Ruha) boʻlib, Harron hamda Suruj (hozirgi Suruç) nomli yirik shaharlari ham mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diyor Mudar geografik va siyosiy jihatdan ilk islom davrlaridayoq al-Jazira tarkibiga kirgan. X asr oʻrtalarida mazkur hudud Hamdoniylar nazoratiga oʻtgan. Sayf ud-Davla hukmronligi davrida esa mintaqa Jazira va Mosuldagi Hamdoniylardan ajratilib, Shimoliy Suriyada tuzilgan Halab amirligiga boʻysundirilgan. Xuddi shu davrda mintaqa qayta kuch toʻplab, tiklanayotgan Vizantiya imperiyasi hujumiga uchragan.
Hamdoniylar nazoratiga barham berilgach, Diyor Mudar va uning shaharlari Banu Numayr taʼsiri ostiga tushdi. 1002-yilga kelib Vathtob ibn Ja’bar an-Numayriy Harronning mustaqil hokimiga aylandi. 1032-yilda esa Edessani Vizantiya imperiyasi qoʻmondoni George Maniakes boshliq qoʻshin bosib oldi. Shundan soʻng, mintaqa ikki qismga boʻlindi. Shimoliy qism, asosan, xristianlar boshqaruviga oʻtib, armanlar tomonidan oʻzlashtirildi. Harrondan Furot daryosigacha boʻlgan hududda esa arab koʻchmanchi qabilalari hukmronlik qila boshladi. Saljuqiylarning hujumlari 1060-yillarning boshlari hamda 1070-yillarda sodir boʻlgan boʻlsa-da, ular hududni egallay olishmadi. Manzikert jangidan keyin Philaretos Brachamios Thorosni Edessa va Diyor Mudar hokimi etib tayinladi. Biroq bir muddat oʻtgach, Toros Melitenaga chekinishga majbur boʻldi. 1094-yilda Toros saljuqiylar tomonidan qayta hokimlik lavozimiga tayinlangan[1].
1086-yilda saljuqiylar sultoni Malikshoh I butun viloyatni oʻz hukmronligi ostida birlashtirishga erishdi. Salib yurishlari boshlanishi bilan shimoldagi nasroniy hududlari (Edessa grafligi) va janubdagi musulmon mintaqalari oʻrtasidagi boʻlinish qayta tiklandi. Bu boʻlinish jarayoni XI asr oʻrtalarigacha davom etdi. Ayyubiylar Salohiddin boshchiligida mintaqani oʻz nazoratiga olib, uni 1260-yilda moʻgʻullarning Shom (Levant) hududiga bosqini boshlanguncha qoʻlda saqlab turdilar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dadoyan 2012, s. 38.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lewis, B., ed (1965). "Diyār Bakr". Encyclopaedia of Islam. Volume II: C–G (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 343–345 b. OCLC 495469475. http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/diyar-bakr-COM_0173.
- Lewis, B., ed (1965). "Diyār Mudar". Encyclopaedia of Islam. Volume II: C–G (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 347–348 b. OCLC 495469475. http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/diyar-mudar-COM_0174.
- Dadoyan, Seta B.. The Armenians in the Medieval Islamic World: Armenian Realpolitik in the Islamic World and Diverging Paradigmscase of Cilicia Eleventh to Fourteenth C (en). Transaction Publishers, 1 November 2012. ISBN 978-1-4128-4782-7. Qaraldi: 2024-yil 25-fevral.
- Heidemann, Stefan. Die Renaissance der Städte in Nordsyrien und Nordmesopotamien. Städtische Entwicklung und wirtschaftliche Bedingungen in ar-Raqqa und Harrān von der Zeit der beduinischen Vorherrschaft bis zu den Seldschuken, Islamic History and Civilization Studies and Texts 40 (German). Leiden et al.: Brill, 2002.
- Heidemann, Stefan „The Agricultural Hinterland of Baghdad, al-Raqqa and Samarra': Settlement Patterns in the Diyar Muḍar.“, . Le Proche-Orient de Justinien aux Abbasides. Peuplement et dynamiques spatiales. Actes du colloque "Continuites de l'occupation entre les periodes byzantine et abbasside au Proche-Orient, VIe-IXe siecles" Paris, 18-20 octobre 2007, Bibliothèque de l’antiquitè tardive 19. Turnhout: Brepols, 2011 — 43–58-bet.