Diyego Armando Maradona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MARADONA (Maradona) Diyego Armando (1960.30.10, Buenos-Ayres yaqinidagi Lanus shahri) — argentinalik futbolchi, jahon chempioni. 20-asrning eng yaxshi futbolchisi (Pele bilan birga) deb tan olingan. Dastlab "Argentinos Xuniors" futbol klubila oʻynagan. "Boka Xuniors" tarkibida Argentina chempioni (1981), "Napoli" jamosi tarkibida Italiyaning 2 karra chempioni (1987, 1990), Italiya kubogi (1987) va UYEFA kubogi (1989) soxibi boʻlgan. Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioni (1986) va vitse-chempioni (1990).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil