Dividend

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dividend (lot. dividendum — taqsimlanadigan narsa) — aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. D. miqdori aksiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bogʻliq. D. har yili (soliqlar toʻlanib, i.ch.ni rivojlantirish uchun ajratmalar chiqarilib, zaxiralar toʻldirilgach, obligatsiyalar boʻyicha foizlar va direktorlarga beriladigan mukofot haqi toʻlangandan soʻng) aksiyadorlarning qoʻlidagi aksiya miqdori va turiga muvofiq taqsimlanadi. Taqsimlanadigan hissa D. massasi, aksiyalar nominali qiymatlariga koʻra foizlarda ifodalangan daromad esa D. stavkasi deb ataladi. D. miqdori oddiy aksiyalar boʻyicha jamiyatning oʻsha yilda koʻrgan foydasiga bogʻliq. Imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga qatʼiy foiz stavkasi miqdorida oldindan belgilanadi. Eng yuqori D. olinganda baʼzan ularning bir qismi qoʻshimcha chiqarilgan bepul aksiyalar tarzida aksiyadorlarga toʻlanadi. Qoʻlida aksiyalarning asosiy hissasini toʻplagan aksiyadorlar va korporatsiyalar D.ning eng koʻp qismini oladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil