Disfagiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Disfagiya (due... va yun. phagein — yutmoq, yemoq) — ovqat yoki suv yutishning buzilishi. Halqum, hiqildoq va qiziloʻngach devorlarining shikastlanishi, ularga yot jismlar tiqilishi, yalligʻlanish, isteriya va b. asabiy-ruhiy kasalliklarda bu aʼzolarning to-rayishi (spazm), shuningdek, baʼzi yuqumli kasalliklar (qoqshol, quturish) D.ga sabab boʻladi. Qiziloʻngach rakida ham D. kuzatiladi. Belgilari: ovqat yutgan vaqtda ogʻriq seziladi, burun, hiqildoq, kekirdak, koʻks oraligʻiga ovqat ketib qoladi. D.ga sabab boʻlgan omillar aniqlanib, tegishli doridarmonlar buyuriladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil