Direktorlar kengashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Direktorlar kengashi, aksiyadorlik jamiyati direktorlar kengashi — aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlar umumiy yigʻilishida saylanadigan rahbar ijroiya organi; aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari oraligʻida jamiyatni boshqarish, muhim muammolarni yechish bilan shugʻullanadi. D. k. jamiyatning operativ boshqaruv ishlarini bajaradigan jamiyat boshqaruvini, ijrochi direktorii tayinlaydi. D. k.ga korxona rahbari, rahbar oʻrinbosarlari, yirik mutaxassislar, korxona tarkibiga kiruvchi kichik korxona rahbarlari va b. saylanadi. Yirik korxona (uyushma, korporatsiya)ning rahbari D. k.ning raisi etib saylanadi. D. k.ning yigʻilishi vaziyatga koʻra har chorakda bir marta oʻtkaziladi. Yigʻilish kun tartibi bir oy oldin kengash aʼzolariga eʼlon qilinadi. D. k. qarorlarini aksiyadorlik jamiyatining barcha aʼzolari bajarishi shart.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil