Diplom loyihasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diplom loyihasi - oliy va oʻrta kasb-hunar texnika oʻkuv yurtlarini bitiruvchilarning yakunlovchi mustaqil ishi. D. l. nazariy yoki eksperimental tadqiqot, chizma hamda uning hisoblashtushuntirish qismi va sh.k.dan iborat boʻladi. D. l. mavzusi mu-handis (texnik) i.ch.da duch keladigan asosiy masalalarni oʻz ichiga oladi. Unda talaba (oʻquvchi)ning oʻqish davrida olgan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalari namoyon boʻladi. D.l. oliy oʻquv yurtlarida davlat imtihon komissiyasi, oʻrta kasb-hunar oʻquv yurtlarida davlat ixtisos komissiyasi yigilishlarida himoya qilinadi. D. l. ximoyasi mavzuning ilmiy-nazariy yoki amaliy ahamiyatiga qarab korxona va muassasalarda ham oʻtkazilishi mumkin. Ayrim ixtisosliklar (asosan texnologiya)da D. l. oliy oʻquv yurtlarining kafedralari ixtiyori bilan diplom ishi bilan almashtirilishi mumkin. D. l.ni himoya qilgan va ijtimoiy-siyosiy fanlarning biridan davlat imtihoni topshirgan bitiruvchilarga muayyan ixtisoslikni egallaganliklari haqida diplom beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" (1997)ga muvofiq 2000/2001 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tizimida D. l. oʻrniga bakalavrlar uchun bitiruv malakaviy ish, magistrlar uchun ilmiy yoki ilmiy-texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish joriy etildi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil