Dino Drpić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dino Drpić
Drpić Dinamo Zagreb bilan, 2008-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 26-may 1981-yil (1981-05-26) (42 yosh)
Tavallud joyi Zagreb, Yugoslaviya[1]
Boʻyi 1.95 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Chromos Zagreb
1997—2000 Dinamo Zagreb
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2009 Dinamo Zagreb 185 (11)
2009Karlsruher SC (ijara) 16 (0)
2009—2010 Karlsruher SC 17 (0)
2011 AEK Athens 2 (0)
2011 Volyn Lutsk 3 (0)
2012 Rijeka 7 (0)
2013 DPMM 3 (0)
2017 Kustošija
2018—2020 Savski Marof
Milliy terma jamoa
1999—2000 Xorvatiya U18 19 (1)
2001 Xorvatiya U20 1 (0)
2002—2004 Xorvatiya U21 8 (1)
2007 Xorvatiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dino Drpić (talaffuzi: Dino Dirpich; 1981-yil 26-mayda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, oxirgi marta Savski Marof jamoasida oʻynagan. Dinamo Zagreb akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlgan Drpić 2000-yilda professional jamoaga kirdi va toʻqqiz yilini shu jamoada oʻtkazdi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Drpić „Dinamo“ning yoshlar safidan oʻtib, asosiy jamoaning doimiy oʻyinchiga aylandi. 2000-yil 9-avgustda „Milan“ da UEFA Chempionlar ligasi saralashining javob oʻyinida asosiy jamoa safida debyut qildi[2]. „Dinamo“ning keyingi mavsumlarida asosiy oʻyinchilaridan boʻldi. Dino va uning Playboydagi model rafiqasi Nives Celsius Dinamo maydonida jinsiy aloqa qilganidan keyinga mojarodan soʻng Dinamo 2008—2009-yilgi qishki transfer oynasida „Karlsruher SC“ ga ijaraga berildi[3]. 2010-yil 22-aprelda klubni tark etdi[4]. Gretsiyadagi AEK Athens va Ukrainaning Volin Lutsk klublarida qisqa vaqt oʻynadi. 2012-yilning mart oyida Xorvatiyaga qaytib, HNK Rijeka bilan shartnoma imzolashdi[5].

2013-yil yanvar oyida Bruney DPMM FC[6] bilan shartnoma imzoladi[7].

2013-yilning aprel oyida DPMM FC Drpić bilan shartnomani bekor qildi. Yangi klub izlab Xorvatiyaga qaytdi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorvatiya yoshlar terma jamoasi bilan deyarli 30 ta oʻyinda gʻalaba qozongan. 2004-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa futbol chempionatida ishtirok etgan. Drpić 2007-yilda milliy terma jamoasiga birinchi chaqiruv oldi. Xorvatiya terma jamoasi safida 2007-yilning 16-oktyabrida Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan, biroq jamoaning UEFA Yevro-2008 saralash bosqichidagi birorta oʻyinida maydonga tushmagan[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Drpić Playboy modeli va qoʻshiqchi Nives Celsius bilan turmush qurgan, bolalari Taisha va Leone. Juftlik 2014-yilda ajrashishdi[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Klub Liga Ishtirok Gollar
2000—2001 Dinamo Zagreb Prva HNL 16 0
2001—2002 Dinamo Zagreb Prva HNL 21 0
2002—2003 Dinamo Zagreb Prva HNL 14 1
2003—2004 Dinamo Zagreb Prva HNL 32 3
2004—2005 Dinamo Zagreb Prva HNL 9 0
2005—2006 Dinamo Zagreb Prva HNL 31 1
2006—2007 Dinamo Zagreb Prva HNL 27 5
2007—2008 Dinamo Zagreb Prva HNL 22 1
2008—2009 Dinamo Zagreb Prva HNL 13 0
2008—2009 Karlsruher SC Bundesliga 16 0
2009—2010 Karlsruher SC 2. Bundesliga 17 0
2010—2011 AEK Athens Greek Super League 2 0
2011—2012 Volyn Lutsk Ukraine Premier League 3 0
2011—2012 HNK Rijeka Prva HNL 7 0
2013 DPMM FC S.League 11 0

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Terma jamoa Ishtirok Gollar
1999—2000 Xorvatiya U18 19 1
2001 Xorvatiya U20 1 0
2002—2004 Xorvatiya U21 8 1
2007 Xorvatiya 1 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dino Drpić“. worldfootball.net. Qaraldi: 16-fevral 2013-yil.
  2. „AC Milan - Dinamo Zagreb 3:1 (Champions League Qual. 2000/2001, 3. Runde)“ (olmoncha). weltfussball.de. Qaraldi: 7-noyabr 2014-yil.
  3. „Dino Drpic, despedido por el amor de Nives“ (ispancha). Diario As (27-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 8-aprel 2011-yil.
  4. „KSC beendet Kapitel Drpic“ (olmoncha). kicker.de (22-aprel 2010-yil). Qaraldi: 8-aprel 2011-yil.
  5. „Dino Drpić potpisao za Rijeku“ (xorvatcha). novilist.hr (27-mart 2012-yil). Qaraldi: 27-mart 2012-yil.
  6. „Dino to power DPMM FC“. bt.com.bn (3-yanvar 2013-yil). 2013-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2013-yil.
  7. „Warmest Greeting from DPMM FC!!!“. eteamz.com. 2018-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2013-yil.
  8. „Player Database“. EU-football. Qaraldi: 10-iyul 2022-yil.
  9. „Nakon devet godina braka razvode se Nives Celzijus i Dino Drpić“.