Diniy mutaassiblik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diniy mutaassiblik - diniy g‘oyalarga ko‘r- ko‘rona o‘ta darajada ishonish, ixlos qo‘yish va unga hayotda so‘zsiz rioya qilish, ba’zi e’tiqoddagilar va boshqacha fikrlovchilarga toqat qila olmaslik.Turli cherkovlar,xususan xristian cherkovining tarixi Diniy mutaassiblik haqida juda ko‘p misollarni biladi. Diniy mutaassiblik ayniqsa diniy sektantlikda yaqqol namoyon bo‘ladi.Aql-idrokka nisbatan hissiyotning ustun kelishi Diniy mutaassiblikni namoyon bo‘lishining xarakterli xususiyati hisoblanadi.Mutaassiblar turli tipda: passiv mushohada qiluvchi mistik dindordan ta aktiv ekstremistgacha bo‘lishlari mumkin.Diniy mutaassiblik turli shakllarda: diniy norma,ahdlarga so‘zsiz rioya qilish (mas., monaxlik), «zohidlik jasoratlari» (tarki dunyochilik va h.k.)da, atrofdagilarni «haqiqiy e’tiqod»ga majbur qilishda va h.k.da namoyon bo‘ladi.Diniy mutaassiblikning cho‘qqisi diniy yovuzlikdir.Cherkov va ekspluatator tabaqalar diniy mutaassiblik kayfiyatlaridan boshqa diniy ta’limotlarning tarafdorlariga nisbatan adovat qo‘zg‘atish, «bid’at»chilarni jazolash, progressiv kuchlarga qarshi kurashish va boshqa reaksion ishlarni amalga oshirish uchun foydalanadilar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 176.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.