Dinamometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dinamometr (yun. dynamis — kuch va ... metr) — kuch yoki burovchi momentni ulchaydigan asbob. D. kuch zvenosi (qayishqoq element) va hisoblash qurilmasidan iborat. Vazifasiga koʻra, namuna (etalon) va ish D.lari boʻladi. Namuna D. lab. sharoitida mashina, mexanizm va materiallarga taʼsir etuvchi kuchlarni oʻlchashda qoʻllaniladi. Ish D.lari avtomobil, traktor, lokomobillarning tortish kuchlarini, qishloq xoʻjaligi mashinaqurollarining tortishga qarshiligini ulchashda ishlatiladi. Ish tarziga koʻra mexanik, gidravlik va elektr D.lar boʻladi. Gidravlik va elektr D.lar dinamograflarning kuch zvenosi sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda D. mushaklarning eng yuqori kuchini oʻlchashda ishlatiladi. Antropologiya, nevrapotologiya, ortopediya, harbiy tibbiyot, fiziologiya, sport tibbiyoti va h. k.da qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil