Dinamik meteorologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dinamik meteorologiya - umumiy meteorologiyaning bir boʻlimi, atmosferada sodir boʻladigan dinamik va termodinamik jarayonlarni nazariy jihatdan oʻrganish, ob-havoni oldindan aytib berishning gidrodinamik usullarini ishlab chiqish va b. bilan shugʻullanadi. D. m.ning asosiy vazifasi atmosfera jarayonlarini prognozlashdan iborat (atmosferada shamol uzgarishi tenglamasi, turli toʻlqinlar harakati, bosimni hisoblash, EHM yordamida maʼlum muddatda shamol, harorat, bosimni baholash kabilar). D. m.ning muhim amaliy vazifasi ob-havo elementlari (t-ra, shamol tezligi, budut, yogʻinlar va b.)ga oid maʼlumotlarni oldindan hisoblash usullarini ishlab chiqishdir. At-mosferadagi radiatsion, elektr va fizika jarayonlarini oʻrganish ham D. m. vazifasiga kiradi (qarang Meteorologiya). Oʻzbekistonda D. m.ning asoschilari V. I. Gubin, Ye. M. Kozik va N. N. Roma-novlar hisoblanadi. D. m.ning kelajakda rivojlanishi atmosfera holatini kuzatish nuqtalarini koʻpaytirish, Yerning sunʼiy yoʻldoshlaridan olinadigan maʼlumotlardan, yangi elektron texnikadan foydalanishga bogʻliq boʻlib, fizika, kimyo, kibernetika fanlari yutuqlariga ham asoslanadi.

Hamidulla Abdullayev.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil