Dinamik geologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dinamik geologiya - geol. fanining bir sohasi. Yer ustki qismi va qaʼrida boʻladigan geologik jarayonlarning kelib chiqishini oʻrganadi. Endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlarga boʻlinadi. Endogen jarayonlarning asosiy energiya manbai Yerning ichki issikligi va gravitatsiya, ekzogen jarayonlariniki — gravitatsiya va Quyoshning nurli energiyasidan tashkil topgan. D. g. Yer kurrasidagi barcha geologik jarayonlar va xrdisalarning birbiri bilan uzviy bogʻlikligini, ularning uz-luksiz oʻzgarib turishi va rivojlanishini oʻrganadi. Endogen va ekzogen jarayonlar qonuniyatlarini va ularning oqibatlarini oʻrganish, turli foydali qazilma boyliklarni qidirish, tuproq eroziyasi, koʻchki, surilmalar va qulashlarni oʻrganishda ahamiyatli.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil