Dina Rubina
Dina Ilyinichna Rubina | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Дина Ильинична Рубина 19-sentyabr 1953-yil |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Kasbi | ozuvchisi, muharrir, kinossenariychi |
Dina Ilyinichna Rubina ( 1953-yil 19-sentabrda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR ) — rus yozuvchisi, muharrir, kinossenariychi.
O‘zbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasi (1978), SSSR Yozuvchilar uyushmasi (1979) [1], Хalqaro PEN-klubi, Isroil rusiyzabon yozuvchilar uyushmasi (1990) a’zosi.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
U 1953-yil 19-sentabrda Toshkentda rassom Ilya Davidovich Rubin (tug‘ilgan joyi Xarkov) va tarix fani o‘qituvchisi Rita Aleksandrovna Rubina (Jukovda tug‘ilgan, asli poltavalik) oilasida tug‘iladi[2].. Onasi o‘n yetti yoshida urush yillarida Toshkentga evakuasiya qilinadi, otasi demobilizasiyadan so‘ng frontdan qaytib, ota-onasi bilan Toshkentga keladi. Uning ota-onasi amerikalik kino aktrisasi va 1940-yillarning Gollivud yulduzi Dina Durbin ixlosmandi bo‘lganliklari uchun qizlarini ismini shu nom bilan atashgan[3] .
Rubina Toshkent konservatoriyasi qoshidagi V.A.Uspenskiy nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktabini tamomlaydi. Keyinchalik maktab taassurotlari “Musiqa saboqlari” roman va hikoyalar to‘plamiga kiritiladi.
1977-yilda Rubina Toshkent konservatoriyasini tamomlab, Toshkentdagi Madaniyat institutida dars berdi. Uning “Ko‘chaning quyoshli tarafida” romanidagi qahramonlar syujeti va hayoti 1940-1960 yillardagi Toshkent taassurotlari bilan chambarchas bog‘liq[2].
Dinaning o‘smirlik chog‘ida yozgan asarlari "Yoshlar" jurnali sahifalarida chop etiladi. O‘n yetti yoshli yozuvchining jurnalda bosilgan ilk hikoyasi “Bezovta tabiat” bo‘lib, 1971-yilda jurnalning “Yashil portfel” bo‘limida chiqadi. Dina Rubinani mashhurlikka yetaklagan “Qachon qor yog‘adi” hikoyasi 1977-yilda nashr etadi. Unda qiz o‘z muhabbatini o‘limdan xavfli operasiya arafasida uchratadi. Ushbu asar asosida film ham suratga olinadi hamda televideniye va radio spektakli sahnalashtiriladi, ko‘p yillar davomida uning p’yesasi Moskva Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida namoyish etiladi[4] . Xuddi shu yili, 24 yoshida u O‘zbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘ladi – o‘sha paytda mamlakatdagi bunday tashkilotlarning eng yosh a’zosi edi[5]. 1979-yilda u SSSR Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi.
Ertaga, odatdagidek" hikoyasi asosida "Bizning nabiramiz milisiyada ishlaydi" filmining suratga olish maydonchasida Rubina ikkinchi eri bilan tanishadi va u bilan Moskvaga jo‘naydi. Lekin film omadsizlikka yuz tutadi. Shundan keyin Dina Rubina o‘zining "Kamera bosadi" eng yaxshi asarlaridan birini yozadi. Yozuvchi 1990-yil oxirida Isroilga doimiy yashash uchun ketgunga qadar Moskvada yashab, ijod qiladi.
Isroilga ko‘chib kelgach, u rus tilidagi "Bizning mamlakat" haftalik gazetasining "Juma" adabiy ruknida adabiy muharrir bo‘lib ishlaydi.
Bu yillarda Rubinaning asarlari Rossiyaning "Новый мир", "Знамя", " Xalqlar do'stligi " [2] jurnallarida chop etila boshladi.
U 2001—2003-yillarda u Moskvada Yahudiy agentligi (Soxnut) madaniy dasturlari boshlig‘i bo‘lib faoliyat yuritadi
Uzoq vaqt davomida Dina Rubina o‘zining ba’zi asarlarida tasvirlangan Maale Adumim shahrida yashagan. Hozirda Mevaseret-Sion shahrida istiqomat qiladi[6] [7].
Rubina 2013-yilda bo‘lib o‘tgan "Total diktant" ning uch xil varianti muallifi bo‘ladi[8] .
2014-yil 3-4 oktyabr kunlari u “Karenina. Jonli nashr” sahnalashtirilgan onlayn-o‘qishlarida ishtirok etadi. [9] .
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi turmushidan (1973—1978-yillarda) — o‘g‘li Dmitriy (1976-yilda tug‘ilgan).
Ikkinchi turmush o‘rtog‘i (1984-yilda) — rassom Boris Karafelov, uning asarlarining doimiy musavviri. Qizi - Yeva Gassner (1986-yilda tug‘ilgan).
Opasi — Vera Rubina, Bostondagi skripkachi va musiqa o‘qituvchisi. [10] [11] [12] .
Adabiy mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- XX asrning 70-yillari oxirida Toshkent shahrida shoir Rudolf Barinskiy bilan birgalikda o‘zbek xalq ertaklari asosida yaratilgan musiqali komediya teatri uchun “Ajoyib Doira” spektakli uchun O‘zbekiston Madaniyat vazirligining mukofoti.
- Are Dulchin nomidagi mukofot (Isroil) “Bir ziyoli yo‘l ustida” kitobi uchun.
- “Ana, Masih kelyapti!” romani uchun Isroil Yozuvchilar uyushmasi mukofoti.
- “Ko‘chaning quyoshli tomonida” romani “Ko‘chaning quyoshli tomonida” roman iuchun 2007-yilda Rossiyaning “Katta kitob” mukofoti[13].
- "Do‘stlik xalqlari" jurnalining 2007-yil 7-sonida chop etilgan "Odam va Maryam" hikoyasi uchun 2008-yil mart[14] — Oleg Tabakov xayriya jamg‘armasi mukofoti[15]
- “Leonardo dastxati” eng yaxshi fantastik asar (yirik hajmda) romani uchun 2009-yil aprel –“Portal” mukofoti.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Рубина Дина Ильинична“. 6-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2012-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Автобиография Дины Рубиной“. 16-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2008-yil.
- ↑ „Дина Рубина в гостях у Лены Батиновой и Вадима Тихомирова“. Радио Маяк (18-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 11-aprel 2013-yil.
- ↑ „Научная библиотека УлГТУ: Дина Рубина“. 8-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-aprel 2012-yil.
- ↑ „Дина Рубина: моя карьера началась с трёх слов“. 22-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-aprel 2012-yil.
- ↑ Разорёнов, С. „Писательница Дина Рубина“. «Новые Известия» (6-iyun 2014-yil). 15-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyun 2020-yil.
- ↑ Лавринович, Н. „«Прозаики — народ тяжелозадый»“. «Коммерсантъ — Санкт-Петербург» (22-oktabr 2019-yil). 15-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyun 2020-yil.
- ↑ „Тотальный диктант | Тексты диктантов“. 17-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-aprel 2013-yil.
- ↑ „"Каренина. Живое издание": 700 человек в прямом онлайн-эфире прочитали роман Толстого“ (ru) (3-oktabr 2014-yil). 27-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-sentabr 2015-yil.
- ↑ „Vera Rubin“. 28-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-yanvar 2015-yil.
- ↑ „2012 MMTA Teacher of the Year“. 28-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Вера Рубина, музыкант и педагог“. 2-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-mart 2019-yil.
- ↑ „Дина Рубина — лауреат премии «Большая книга» 2007 г.“ (deadlink). 16-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2008-yil.
- ↑ „Сайт Дины Рубиной ::: Новости“ (deadlink). 16-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2008-yil.
- ↑ Премия присуждается деятелям театра — актёрам, режиссёрам, педагогам, театроведам — за значительные успехи в педагогике и науке.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Dina Rubina rasmiy sayti
- Dina Rubina bilan suhbat: "Yozuvchi va uning 95 hissi"
- Dina Rubina bilan suhbat: "Isroil - bu afsona"
- Dina Rubina bilan "Tarix" jurnali uchun intervyu[sayt ishlamaydi] (mavjud havola) , Konstantin Krinitskiy bilan suhbatlashdi
- Evgeniy Kudryats bilan suhbatlashgan Dina Rubina bilan suhbat
- Dina Rubina bilan suhbat: "Mening kareram uch so'z bilan boshlangan", Varvara Bogdanova bilan suhbatlashdi
- Dina Rubina Jurnallar zalida
- Leonid Velexovning "Shaxsga sig'inish" dasturida Ozodlik radiosiga intervyu