Din psixologiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Din psixologiyasi - bu tushunchani birinchi marta Shleyermaxerning “Psixoloiya” (1862) kitobida uchratish mumkin. Unda boshqa dinga sig‘inishga o‘tganlarning ichki xis-hayajonlari bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq etilgan bo‘lib, tavba-tazarru, gunoh, diniy kitob amrlariga bo‘ysunish va boshqalar tadqiq etilgan. Dinga sig‘inish kayfiyati jamiyatda sodir bo‘ladigan keskin o‘zgarishlar, inqiroziy vaziyatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayni chog‘da din psixologiyasi nisbatan jiddiy emotsional xolatlarsiz ham o‘zini namoyon etishi mumkin. Din psixologiyasi negizida katarsis (poklanish) yotadi. Poklanishning birinchi bosqichida ruhiy inqiroz, hayotdan qoniqmaslik, axdoqiy va dunyoqarashga doir izlanishlar ro‘y beradi. Ikkinchi bosqichda his-tuyg‘uda to‘satdan “burulish” - qalb ravshanlanib,individ xudoga yaqinlashgandek bo‘ladi. Uchinchi bosqichda qizg‘in his-hayajon o‘rnini xotirjamlik, o‘z fe’l-atvoridan qoniqish ruhi egallab, ichki dunyo ziddiyati o‘rnini diniy iymonga asoslangan uyg‘unlik egallaydi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 159.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.