Dimetilgidrazin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dimetilgidrazin, C2H8N2 -oʻtkir hidli, rangsiz tiniq suyuklik. Mol. m. 60,10. Ikkita izomeri maʼlum: simmetrik D. — CH,NH—NHCH, va asimmetrik D. (CH,)2N—NHr Amaliy ahamiyatlisi — asimmetrik D. suyuqlanish t-rasi —57,2°, kaynash t-rasi 63°, zichligi 791,1 kg/m3, gigroskopik, kuchli asos. Suv va organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashadi. Havoda sekin oksidlanadi, 270° da oʻz-oʻzidan alangalanadi; juda zaharli.

D. dimetilaminni kislotali muhitda ishqoriy metallar nitritlari bilan nitrolab, xreil boʻlgan dimetilnitrozoaminni palladiy yoki platina katalizatorligida vodorod bilan qaytarib yoki dimetilaminga ishqor ishtirokida monoxloramin taʼsir ettirib olinadi. Asimmetrik D. raketa yoqilgʻilari komponenta sifatida qoʻllaniladi.

Simmetrik D.ning qaynash t-rasi 81°, zichligi 827,4 kg/m3. Gidrazinni atsillab, hosil boʻlgan diatsil-gidrazidni dimetilsulfat bilan me-tillab olinadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil