Kontent qismiga oʻtish

Dilbar Usmonova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Dilbar va familiyasi Usmonova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Dilbar Usmonova
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Mansab davri
2020-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-iyun 1960-yil (1960-06-04) (65 yosh)
Surxondaryo viloyati, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Kasbi shifokor
Maʼlumoti Toshkent Davlat tibbiyot instituti

Dilbar Saidmahmudovna Usmonova (tugʻ. 1960-yil 4-iyun, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokori. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.[1]

Dilbar Usmonova 1960-yil 4-iyunda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan[1]. 1983-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1983-yilda Mintaqaviy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti endokrinologiya boʻlimida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. 1983-yildan 2006-yilgacha Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot institutining fizioterapiya boʻlimi mudiri lavozimida ishlagan. 2006-2007-yillarda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi huzuridagi kurortlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, tibbiyot boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2007-2010-yillarda esa „Umid gulshani“ MChJ sanatoriysi direktori[1], 2010-2011-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi bosh vrachi. 2011-yildan buyon Dilbar Usmonova „Farhod Madad Shifo“ xususiy klinikasi bosh direktori, Qibray tumanidagi „Save-Agro-Trade“ oilaviy korxonasi (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash bilan shugʻullanuvchi korxona) rahbari lavozimlarida ishlab kelmoqda[2].

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi[3].

  1. 1,0 1,1 1,2 „arxiv nusxasi“. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  2. „Кандидаты“ (ru). elections.uz. 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  3. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.