Kontent qismiga oʻtish

Dilatant suyuqliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dilatant suyuqliklar — soxta plastik suyuqliklarga oʻxshash boʻlib, ulardan tezlik gradiyenti ortganida oʻsib borishi bilan farqlanadi. Dilatant suyuqliklarning soxta plas­tik suyuqliklardan farqi shundaki, ularda m doimo 1 dan katta boʻladi. Dilatant suyuqliklar bingam va soxta plastik suyuqliklarga nisbatan kam ushraydi. Bundan tashqari, va oʻrtasidagi bogʻlanish vaqtga bogʻliq boʻlgan suyuqliklar ham tabiatda uchrab turadi. Ularning yopishqoqlik koeffisiyenti zoʻri­qish­ning qancha vaqt taʼsir qilganiga qarab oʻzgarib boradi. Bunday suyuqliklarga koʻpgina boʻyoqlar, sut mahsulotlarining koʻp turlari, turli smolalar misol boʻladi. Ular tiksotrop suyuqliklar, reopektant suyuqliklar va maksvell suyuqliklari deb ataluvchi gruppalarga boʻlinadi. Bu suyuqliklarning yana bir xususiyatlari shun­dan iboratki, ularning baʼzi turlari (maksvell suyuqliklari) qoʻyilgan zoʻriqish kuchi olinishi bilan avvalgi holatiga qisman qaytadi (yaʼni hozirgi zamon fanining tili bilan aytganda xotirlash xususiyatiga ega boʻladi).[1][2]

Dilatant suyuqliklar siljish tezligi oshishi bilan tuyiluvchan qovushoqligi oʻsuvchan (siljishi siyraklashuvchan (masalan, yuqori-molekulyar polimerlar qorishmasi, bosmaxonaning 246 koʻpgina boʻyoqlari, qogʻoz quyqasi) va quyiltiriluvchan (masalan, kraxmal, kaliy silikati, yoyiluvchan qum, qirgʻoqning nam qumi, makkajoʻxori kraxmali va shakar qorishmasi, ikki oksidli titanning suvli suspenziyasi)) suyuqliklar;[3]

To'liq suv bilan namlangan qum ham kengaytiruvchi material sifatida ishlaydi. Shu sababli, yomg'irdan keyin plyaj bo'ylab yurganingizda, oyoq bosgan joylarda quruq qumni kuzatishingiz mumkin (ho'llangan qum qatlami ostida quruq qum maydoni mavjud, chunki yomg'ir tomchilari, ho'l qumga urilib, ho'l qumning dilatant xususiyati tufayli chuqurlikka kira olmaydi)[4]


  1. Latipov, K.Sh. Gidravlika va gidravlik mashinalar. Navoiy: Alisher Navoiy nomli nashriyot, 2014 — 23-bet. ISBN 978-9943-4168-0-2. 
  2. Umarov, A. Gidravlika. Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2002. ISBN 5-640-01787-2. 
  3. Xudoynazarov, X.. SUYUQLIK VA GAZ MEXANIKASI. Samarqand: «Zarafshon» nashriyoti DK, 2017 — 245-bet. ISBN 978-9943-385-97-8. 
  4. „Youtube Wet Sand Science“ (inglizcha). Qaraldi: 11-iyun 2022-yil.