Diego Velázquez asarlari roʼyhati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ispan rassomi Diego Velázquezning (1599—1660) ijodiy merosiga koʻplab portretlar, kundalik mavzulardagi asarlar, tarixiy, diniy va mifologik mavzular kiradi[1]. 1617-yildan 1660-yilgacha Velázquez tomonidan yaratilgan rasmlar roʻyxati uning hayoti va ijodiy joylari bilan bogʻliq boʻlgan davrlarga boʻlingan. Bu Velázquezning oʻqishni tugatgandan soʻng Sevilyadagi rassomlar gildiyasiga qoʻshilishdan Madridda vafot etguniga qadar davrni oʻz ichiga oladi.

Velázquez Ispaniya qiroli Filipp IVning saroy rassomi boʻlib faoliyat yuritgan. Dunyoning faqat oʻn bir mamlakatidagi muzeylarda: Avstriya, Braziliya, Buyuk Britaniya (Angliya, Shotlandiya), Vengriya, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, AQSh va Fransiya — oʻz kolleksiyalarida Velázquez rasmlari mavjud. Uning rasmlarining eng katta toʻplami (50 ga yaqin) Madriddagi Prado muzeyidan[2] joy olgan. Venadagi Sanʼat tarixi muzeyi oʻz toʻplamida sovgʻa sifatida olgan ispan qirollarining bir qancha durdona asarlarini saqlaydi. Velázquezning asarlari, shuningdek, Londondagi Milliy galereya va Vellington muzeyida, Drezdendagi Eski ustalar galereyasida, New-Yorkdagi Metropolitan sanʼat muzeyida va Bostondagi Tasviriy sanʼat muzeyida namoyishga qoʻyilgan. Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida rassomning uchta surati mavjud. Diego Velázquezning rasmlarini tasniflash muammosi bugungi kungacha eng qiyinlardan biri boʻlib qolmoqda. Agar 1883-yilda rassom asarlarining sanʼatshunos va tadqiqotchi olimi Charlz Boyd Kertis 228 ta rasm haqida maʼlumotlar yozgan boʻlsa, uning hamkasbi Jose Lopes-Rey 1979-yilda 123 ta rasmni va 1986-yilda sanʼatshunos Jonatan Braun 98 ta suratni tavsiflagan[3]. Rassomning faqat bir nechta asarlarida birinchi egasidan oxirgi egasigacha boʻlgan aniq maʼlumotlar mavjud. Velázquez rasmlarining koʻplab nusxalari va talqinlari uning shogirdlari tomonidan chizilgan, ular orasida uning kuyovi Juan Bautista Martines de Masoni[4] asosiy oʻringa ega boʻlgan. Quyidagi roʻyxatni tuzishda asosiy manba rassomning 1999-yilda nashr etilgan soʻnggi asarlari kataloglaridan biri boʻlgan. Bu Miguel Moran Turina va Isabel Sanches Kevedoning „Velázquez: toʻliq katalog“ (ispancha: Velázquez: catálogo completo) kitobi boʻlib, unda rassomning 123 ta rasmi batafsil tavsiflangan. Roʻyxat shuningdek, ushbu katalogga kiritilmagan, ammo rassom ijodining taniqli zamonaviy tadqiqotchilari va ushbu sohadagi taniqli mutaxassislar, sanʼatshunoslar Jose Lopes Rey va Jonatan Braunning Diego Velázquez asarlari roʻyxatida mavjud boʻlgan rasmlarini ham oʻz ichiga oladi. Roʻyxatga soʻnggi yillarda topilgan va rassomga tegishli boʻlgan bir nechta rasmlar ham kiritilgan.

Roʻyhat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sevilya (1617-1622)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surat Nomi Sana Oʻlchami (sm) Kolleksiya Eslatma Katalogdagi raqami: Morán-Sánchez/López-Rey
Uch musiqachi

(Tres músicos)

1617-1618 87 × 110 Berlin Davlat muzeyi 1/1
Tushlik

(The Lunch)

1618 108.5 × 102 Ermitaj Muzeyi, Saint Petersburg 2/3
Mulat qiz

(La mulata)

1620 55 × 118 Irlandiya Milliy Galereyasi, Dublin Tanqidchilar bu rasmni 1617-yildan 1622-yilgacha chizilgan degan hulosaga kelishgan. 3/17
Tuxum pishirayotgan keksa ayol

(Old Woman Cooking Eggs)

1618 100.5 × 119.5 Shotlandiya Milliy Galereyasi, Edinburgh Pastki oʻng burchakda sana koʻrsatilgan. 5/6
Marta va Maryamning uyida Masih

(Christ in the House of Martha and Mary)

1618 60 × 103.5 London Milliy Galereyasi 6/7
Stolda ikki yosh yigit

(Dos jóvenes a la mesa)

1622 65.3 × 104 Apsley uyi, London 9/24
''Avliyo Tomas''

(Saint Thomas)

1619-1620 95 × 73 Orlean tasviriy san'at muzeyi, Orléans 10/10
''Beg'ubor konsepsiya''

Immaculate Conception

1619 135 × 101.6 London Milliy Galereyasi 11/11
''Patmosdagi Avliyo Ioann''

San Juan en Patmos

1619 135.5 × 102.2 London Milliy Galereyasi 12/12
Sehrgarlarga sajda qilish

(Adoration of the Magi)

1619 204 × 126.5 Prado Muzeyi, Madrid Qizning oyogʻi ostidagi toshda sana koʻrsatilgan. 13/13
San Pablo 1619-1620 99 × 78 Kataloniya Milliy Muzeyi, Barselona 14/14
Apostol boshi

(Cabeza de apóstol)

1622 38 × 29 Prado Muzeyi, Madrid 15/15
Sevilya suv sotuvchisi

(The Waterseller of Seville)

1620 106.7 × 81 Apsley Uyi, London 16/16
Don Cristóbal Suárez de Ribera 1620 207 × 148 Sevilya tasviriy san'at muzeyi Ispaniya Kiyimda imzo va sana yozilgan[5][6]. 17/19
Muhtaram ona Jerom de la Fuente

(La venerable madre Jerónima de la Fuente)

1620 162 × 107 Prado Muzeyi, Madrid Imzo va sana mavjud. Xoch atrofidagi yozuvni, hozirda oʻqib boʻlmaydi, 1944-yilda yozuv oʻchirib tashlangan[7]. 18/20
Muhtaram ona Jerom de la Fuente

(Jerónima de la Asunción)

1620 162.5 × 105 Fernández Araoz kolleksiyasi, Madrid "Diego Velazquez f. 1620" soʻzlari bilan imzolangan va sanasi mavjud[8]. 19/21
''Bokira qizni Ildefonsodan himoya qilish''

Imposición de la casulla a San Ildefonso

1620-1623 166 × 120 Ayuntamiento Sevilya Boʻyoqning sezilarli darajada yoʻqolish belgilari bilan yomon holatda. 20/22
''Francisco Pacheco portreti''

(Retrato de caballero/Francisco Pacheco)

1620-1622 40 × 36 Prado Muzeyi, Madrid 21/23

Madrid (1622-1629)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surat Nomi Sana Oʻlcham (sm) Kolleksiya Eslatma Katalog raqami: Morán-Sánchez/López-Rey
Don Luis de Góngora portreti

(Portrait of Don Luis de Góngora)

1622 50.3 × 40.5 Tasviriy san'at muzeyi, Boston 22/25
Odam Portreti

(Retrato de hombre)

1623-1624 55.5 × 38 Prado Muzeyi, Madrid Allende-Salazar (1925), Mayer (1936) va Kamon Aznar bu avtoportret boʻlishi mumkinligini taxmin qilishgan. Lopes-Rey va Braunning fikricha, mavzu rassomning ukasi Xuan haqida boʻlishi mumkin[9]. 24/27
Flipp IV

(Felipe IV)

1623-1624 61.6 × 48.2 Meadows muzeyi, Dallas Braunning fikricha, bu qirolning portreti boʻlishi mumkin[10], bu gipoteza Lopes-Rey tomonidan rad etilgan[11]. 25/28
Ayol prtreti

(Retrato de dama)

1625 32 × 24 Asar Bir marta Madrid qirollik saroyida, (2010-yil 8-iyulda Janubiy Karolinadagi Greenville sanʼat muzeyidan oʻgʻirlangan)[12]. 28/31
Kiyik Boshi 1626-1628 58 × 44.5 Prado Muzeyi, Madrid Aksariyat tarixhilar 1635-yilda tasvirlanganligini tahmin qiliashadi</ref> López-Rey gives 1626, based on 1637 information from a picture of a deer antler painted by Velázquez bearing the inscription „Le mató el Rey nuestro Sr. Phe. quarto el year 1626“.[13] 155.</ref> 31/33
Masih va nasroniylik ruhi

(Cristo contemplado por el alma cristiana)

1626-1628 165 × 206.4 London milliy galereyasi 32/35
Flipp IV 1623-1628 198 × 101.5 Prado Muzeyi, Madrid 33/36
"Avstriyalik chaqaloq Don Karlosning portreti

(Portrait of the Infante Don Carlos)

1626-1628 209 × 12 Prado Muzeyi, Madrid 34/37
Filip IVning zirhdagi portreti

(Portrait of Philip IV in Armour)

1628 57 × 44.5 Prado Muzeyi, Madrid Bu ikki bosqichda boʻyalgan, koʻylak boʻyalgan, ikkinchi bosqichda qizil chiziq qoʻshilgan[14]. 35/38
Demokrit

(Demócrito/El geógrafo)

1628-1629 101 × 81 Rouen tasviriy san'at muzeyi Taxminan 1640-yilda bosh va qoʻl qayta boʻyalgan. Radiografiya chap qoʻlda avval ichimlik boʻlganini koʻrsatgan[15]. 37/40
Baxusning g'alabasi

(The Triumph of Bacchus)

1628-1629 165.5 × 227.5 Prado Muzeyi, Madrid 38/41
Emmaus kechki ovqati

(La cena de Emaús)

1628-1629 123.2 × 132.7 Metropolitan san'at muzeyi, New York 1619-yilda chizilgan degan taxmin bor(Lafuente Ferrari)[16]. 39/42

Italiyaga birinchi sayohat (1629-1630)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasm Nomi Sanasi Oʻlchami (sm) Kollekiysa Izohlar Katalog raqami: Morán-Sánchez/López-Rey
Maria Annaning portreti

(Portrait of Maria Anna)

1630 59.5 × 45.5 Prado muzeyi, Madrid 40/48
Jozefning kiyimlarini Yaqubga olib kelish

(Joseph’s Tunic)

1630 223 × 250 El Escorial, San Lorenzo de El Escorial 41/43
Vulqonning temirxonasi

(Apollo in the Forge of Vulcan)

1630 222 × 290 Prado muzeyi, Madrid 42/44
Apollon boshi

(Cabeza de Apolo)

1630 36 × 25 Shahsiy kolleksiya, New York Appolon Vulqon qoʻrgʻonida.[17] 43/45
Rimdagi Villa Medici"

(El Pabellón de Cleopatra-Ariadna)

1630 44.5 × 38.5 Prado muzeyi, Madrid Ushbu va keyingi rasmning sanasi munozaraga sabab boʻlgan. Aksariyat tanqidchilar buni Italiyaga ikkinchi safari paytida chizilgan deb hisoblashadi, ammo Pradodagi texnik tadqiqotlar Lopes-Rey tomonidan taklif qilingan 1630-yil tasdiqlangan[18]. 44/46
Villa Medici bog'ining ko'rinishi

(View of the Garden of the Villa Medici)

1630 48.5 × 43 Prado muzeyi, Madrid 45/47

Madrid (1631—1648)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surat Nomi Sana Oʻlchami (Sm) Kolleksiya Izohlar Katalog raqami: Morán-Sánchez/López-Rey
Sybil

(A Sybil (Juana Pacheco?))

1630-1631 62 × 50 Prado muzeyi, Madrid 46/49
Yosh yigit portreti

(Retrato de hombre joven)

1630-1631 89.2 × 69.5 Eski Pinakothek, Myunxen Tugallanmagandek koʻrinadi, qoʻllari hozirgina chizilgandek goʻyo[19] 47/50
Avliyo Tomasning vasvasasi

(Temptation of St. Thomas)

1631-1632 244 × 203 Orihuela muzeyi, Orihuela 48/130
Shahzoda Baltasar Charlz mitti bilan

(Prince Balthasar Charles With a Dwarf)

1631 128.1 × 102 Tasviriy san'at muzeyi Boston 49/51
Flip IV kumush va jigarrangda

(Philip IV in Brown and Silver)

1631-1632 199.5 × 113 London milliy galereyasi 50/52
Burbonlik Isabel

(Isabel de Borbón)

1631-1632 207 × 119 Shahsiy kollekisya, New York 51/53
Don Diego del Korral va Arellano

(Don Diego del Corral y Arellano)

1631-1632 205 × 116 Prado muzeyi, Madrid 52/55
Dona Antonia de Ipeñarrieta oʻgʻli Galdos bilan

(Don LuisDoña Antonia de Ipeñarrieta y Galdós and Her Son Don Luis)

1631-1632 205 × 115 Prado muzeyi, Madrid Jigarrang ayollar kostyumi va bolalarning figurasini boʻyashda zamonaviy usullardan qoʻllanilganligi tahmin qilingan ammo rentgenografiya tomonidan rad etilgan[20][21]. 53/54
Odam qo'li

(Mano de hombre)

1630 27 × 24 Noʻmalum, avval Madrid qirollik saroyi 54/56
Don Pedro de Barberana va Aparregi portreti

(Portrait of Don Pedro de Barberana y Aparregui|Don Pedro de Barberana y Aparregui)

1631-1632 198.2 × 111.8 Kimbell sanat muzeyi, Texas 55/57
Don Juan Mateos 1632 108 × 90 Drezden Galereyasi, Drezden 56/58
Xochga mixlangan Masih

(Christ Crucified)

1632 250 × 170 Prado muzeyi, Madrid 57/59
Shahzoda Baltasar Karlosning portreti

(Retrato del príncipe Baltasar Carlos)

1632 117.8 × 95.9 Wallace kolleksiyasi, London 58/60
Flip IV 1632 127.5 × 86.5 San'at tarixi muzeyi, Vena Velazques va uning ustaxonasi ishi toʻliqligicha oʻrganib chiqilgan</ref> For López-Rey only the head and some small details could be considered by Velazquez.[22]. 59/61
Isabel de Borbón 1632 132 × 101.5 San'at tarixi muzeyi, Vena 60/62
Avstriyalik Don Juan laqabli hazilkash

(The Jester Named Don John of Austria)

1632-1633 210 × 124.5 Prado muzeyi, Madrid 61/65
Olivares graf gersogining otliq portreti

(Equestrian Portrait of the Count-Duke of Olivares)

1634 314 × 240 Prado muzeyi, Madrid 62/66
Oq ot

(Caballo blanco)

1634-1635 310 × 245 Madrid Qirollik Saroyi 63/67
Filipp III ning otliq portreti

(Equestrian Portrait of Philip III)

1634-1635 305 × 320 Prado muzeyi, Madrid 64/68
Avstriyalik Margaritaning otliq portreti

(Equestrian Portrait of Margarita of Austria)

1634-1635 302 × 311.5 Prado muzeyi, Madrid 65/69
Fransiyalik Elizabetning otliq portreti

(Equestrian Portrait of Elisabeth of France)

1634-1635 304.5 × 317.5 Prado muzeyi, Madrid Velazquez[23] 66/70
Filipp IVning otliq portreti

(Equestrian Portrait of Philip IV)

1634-1635 305.5 × 317.5 Prado muzeyi, Madrid 67/71
Shahzoda Balthasar Charlzning otliq portreti

(Equestrian Portrait of Prince Balthasar Charles)

1634-1635 209.5 × 174 Prado muzeyi, Madrid 68/72
Bredaning taslim bo'lishi

(The Surrender of Breda)

1634-1635 307.5 × 370.5 Prado muzeyi, Madrid 69/73
Juan Martínez Montañés portreti

(Portrait of Juan Martínez Montañés)

1635-1636 110.5 × 87.5 Prado muzeyi, Madrid 70/76
Filipp IV ovda 1632-1633 189 × 124.5 Prado muzeyi, Madrid 71/63
Avstriyalik kardinal Ferdinand ovda

(El cardenal infante don Fernando de Austria cazador)

1632-1633 191.5 × 108 Prado muzeyi, Madrid 72/64
Shahzoda Balthasar Charlz ovchi sifatida

(Prince Balthasar Charles as a Hunter)

1635-1636 191 × 102 Prado muzeyi, Madrid 73/77
Shahzoda Balthasar Karlos chavandozlar maktabida''

(Prince Baltasar Carlos in the Riding School|El príncipe Baltasar Carlos en el picadero)

1636 144 × 96.5 Westminster Kolleksiyasi, London 74/78
Yelpig'ichli ayol 1635 95 × 70 Wallace Kolleksiyasi, London 75/79
Tikuvchi

(The Needlewoman)

1635-1643 74 × 60 Milliy san'at galereyasi, Washington Tugallanmagan va sanasi noaniq. 77/81
Pablo de Valladolid portreti

(Portrait of Pablo de Valladolid)

1636-1637 213.5 × 125 Prado muzeyi, Madrid 78/82
Jester Calabacillas 1637-1639 105.5 × 82.5 Prado muzeyi, Madrid 79/83
Jester Barbarroja 1637-1640 200 × 121.5 Prado muzeyi, Madrid 80/84
Sent-Entonining Sent-Pol yoniga tashrifi

(San Antonio Abad y san Pablo ermityear)

1635-1638 261 × 192 Prado muzeyi, Madrid 81/85
"Graf-gersog Olivares portreti

(Portrait of the Count-Duke of Olivares)

1638 67 × 54 Ermitaj, Saint Petersburg 82/87
''Francesco I d’Este''

(Francesco I d’Este)

1638 68 × 51 Estense galereyasi, Modena 84/89
Baltasar Carlos potreti

(El príncipe Baltasar Carlos)

1639 128.5 × 99 San'at tarixi muzeyi, Vena Velázquez[24]. 86/90
Erkak tasviri 1635-1645 76 × 64.8 Apsley uyi, London 87/91
Ezop 1639-1641 179.5 × 94 Prado muzeyi, Madrid Inscription at top right: „AESOPVS“. 88/92
Menipp 1639-1641 178.5 × 93.5 Prado muzeyi, Madrid Yuqori chapda „MOENIPVS“ yozuvi mavjud 89/93
Mars 1639-1641 181 × 99 Prado muzeyi, Madrid 90/94
Avtoportret 1640 45.8 × 38 Valensiya Tasviriy san'at muzeyi 91/96
Qiz portreti 1640 51.5 × 41 Amerika ispan jamiyati, New York Lopez-Reyning soʻzlariga koʻra, kiyimda kuchli choʻtka izlari mavjud[25] and "one of the most captivating female portraits by Velazquez, " according to Brown.[26]. 92/97
Francisco Lezcano portreti

(Portrait of Francisco Lezcano)

1643-1645 107.5 × 83.5 Prado muzeyi, Madrid 93/99
Fragadagi Filipp IV portreti

(Portrait of Philip IV in Fraga)

1644 129.8 × 99.4 Frick Kolleksiyasi, New York 94/100
Jester Don Diego de Acedo 1645 106 × 82.5 Prado muzeyi, Madrid 96/102
Sebastián de Morra portreti 1645 106 × 81.5 Prado muzeyi, Madrid 97/103
Xonimning toj kiyishi 1645 178.5 × 134.5 Prado muzeyi, Madrid 98/105
Rokeby Venera 122.5 × 177 London milliy galereyasi 100/106
Sivilla toza varoq bilan 1644-1648 64 × 58 Meadows Muzeyi, Dallas 101/108
Infanta María Teresa portreti

(La infanta María Teresa)

1648 48 × 37 Metropolitan San'at muzeyi, New York 102/109
Santyogo ordenli ritsar

(Un caballero de la Orden de Santiago)

1645-1650 67 × 56 Eski rasmlar galereyasi, Drezden 103/110

Manabalar[tahrir | manbasini tahrirlash]