Kontent qismiga oʻtish

Didius Julianus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mark Didiy Sever Yulian
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Milodiy 133-yil 30-yanvar
Medolian
Vafoti Milodiy 193-yil 1-iyun
Rim
Turmush oʻrtogʻi Manliya Skantilla
Bolalari Didiya Klara
Onasi Emiliya Klara
Otasi Kvint Petroniy Didiy Sever

Didiy Yulian (lotincha: Marcus Didius Severus Iulianus) – milodiy 193-yilda 28-martdan 1-iyungacha 2 oy davomida Rim imperatori boʻlgan. Senatorlar kengashi aʼzosi hamda antoninlar davrida u harbiy va siyosatchi sifatida faoliyat olib borgan: u bir qancha viloyatlarni boshqargan hamda nemislar bilan boʻlgan chegara urushlarida gʻalaba qozongan[1]. Milodiy 175-yilda konsul lavozimida ishladi. Pretorlar 193-yilda imperator Pertinaksni oʻldirganidan keyin Didiy Yulian imperator etib tayinlangan, va bir tomondan Pretorian lagerida bosh hokimiyatni sotib olgan. Senat va shahar plebsi undan nafratlanardi. Yulianga qarshi shahar gubernatorlari, Siriyada Gay Pesseniy Nigerg, Pannoniyada Lutsiy Septimiy Sever, Britaniyada esa Detsim Klodiy Albin unga qarshi isyon koʻtarishgan.