Dibba jangi
| Dibba jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Ridda urushlarining bir qismi | |||||||
| |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Roshidun xalifaligi Xalifalik tarafdori boʻlgan Azdiylar Banu al-Julanda qabilasi Julanda qabilasi tarafdorlari Qays qabilasi
|
Murtad Azdiylar Julanda qabilasi raqiblari
| ||||||
Dibba jangi milodiy 632–634-yillar oraligʻida Ridda urushlari paytida hozirgi Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hududidagi Dibba shahrida boʻlib oʻtgan. Ushbu jang 10,000 kishining oʻlimi bilan bogʻliq boʻlib, urushda halok boʻlganlarning qabrlarini hanuzgacha shu hududda koʻrish mumkin.
Al-Azd
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sosoniylar imperiyasi zaiflashganida al-Azd shohlari Ummon yarim orolida asosiy siyosiy kuchga aylandi[1]. Islom paygʻambari Muhammad Amr ibn al-Osni elchi sifatida ularning huzuriga yubordi. Amr Buraymiy hududi orqali oʻtib, paygʻambarning xabarini taqdim etdi, ammo hokim Muhammadning xabarini rad etdi. Amr ibn al-Os keyinchalik Nizvoda al-Azd podshosi Abduljulanda va uning ukasi Jayfarga paygʻambarning xabarini taqdim etdi. Aka-ukalar al-Azd qabilasining oqsoqollarini bir joyga toʻplashdi va islomni qabul qilishga rozi boʻlishdi[2].
Milodiy 630-yilda al-Azd Julanda bilan ittifoq tuzib, Sosoniylar hokimi Maskanga hujum qildi. Suhordagi Damsetjerd jangida Maskanning qoʻshinlarini magʻlub etdi va uni oʻldirdi[3]. Barcha kumush va oltinlarini qoldirib, Sosoniylar mamlakatdan haydab chiqarildi[4]. 632-yilda paygʻambar Muhammad vafot etgach, Abduljulanda xalifa Abu Bakrga qasamyod qilish uchun Madinaga yoʻl oldi. Abu Bakr ham uni mamnuniyat bilan qabul qildi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ United Arab Emirates : a new perspective, Abed, Ibrahim., Hellyer, Peter., London: Trident Press, 2001 — 80-bet. ISBN 1900724472. OCLC 47140175.
- ↑ United Arab Emirates : a new perspective, Abed, Ibrahim., Hellyer, Peter., London: Trident Press, 2001 — 81-bet. ISBN 1900724472. OCLC 47140175.
- ↑ Donald., Hawley. The Trucial States. London: Allen & Unwin, 1970 — 48-bet. ISBN 0049530054. OCLC 152680.
- ↑ United Arab Emirates : a new perspective, Abed, Ibrahim., Hellyer, Peter., London: Trident Press, 2001 — 80-bet. ISBN 1900724472. OCLC 47140175.
- ↑ United Arab Emirates : a new perspective, Abed, Ibrahim., Hellyer, Peter., London: Trident Press, 2001 — 81-bet. ISBN 1900724472. OCLC 47140175.