Bazudin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Diazinondan yoʻnaltirildi)

Bazudin, diazinon — oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy modda; insektitsid. Oʻsimliklarga oʻsish davrida purkash uchun 60% li emulsiyalanuvchi konsentrat, urugʻlikni ekishdan oldin upalash uchun 40% li hoʻllanadigan kukun, 30% li kukun, ekish paytida solinadigan 5% va 10% li donador preparat holida ishlab chiqariladi. Bugʻdoy, qand lavlagi, beda, makkajoʻxori, sabzavot ekinlari va boshqalarning soʻruvchi va kemiruvchi zararkunandalari (toʻplamlar, shira, oʻrgimchakkana va boshqalar)ga qarshi qoʻllaniladi. Taʼsiri 45 kundan ortiq saqdanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil