Diapauza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Diapauza (yun. diapausis — toʻxtash, dam olish) — hayvonlar hayot faoliyatining tinim davri; bunda umumiy modda almashinuvi pasayadi. D.ning vujudga kelishiga tashki muhim sharoitlari: ozuqa sifati, namlik, harorat, kun uzunligining mavsumiy oʻzgarishlari sabab boʻladi. Bu sharoitlar taʼsirida, mas, hasharotlar organizmida anatomik-gistologik, fiziologik va biokimyoviy oʻzgarishlar yuz beradi, yaʼni rivojlanish vaqtincha toʻxtaydi, kislorodni oʻzlashtirish kamayadi, erkin suv kolloid holatga oʻtadi, yogʻ ta-nachalari hujayralarida eng koʻp miqdorda zaxira qatlamlar (baʼzi turlarda yogʻlar, boshqalarida esa yogʻ-oqsil donalari) toʻplanadi. Bu belgilari bilan D. karaxtlik (uyqu)dan farq qiladi. D. organizmning sovuqqa chidamli boʻlib, qishlab chiqishini taʼminlaydi. Quruq subtropik va tropik iqlimda yozgi D., yaʼni estivatsiya kuzatiladi. Har bir biologik turda D. organizmi hayot siklining maʼlum fazalarida sodir boʻladi, hasharotlarda tuxum, qurt (lichinka), gʻumbak yoki imago (voyaga yetgan) rivojlanish davrlariga toʻgʻri keladi.

Oʻsimliklarni himoya qilishda D. toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ekinlar zararkunandalarining paydo boʻlish va rivojlanish davrini prognozlash (qisqa va uzok, muddatli)da hisobga olinadi.

Sulton Alimuhamedov.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil