Diana Devis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diana Devis
Toʻliq ismi Diana Devis
Boʻyi 162
Sherigi Gleb Smolkin
Murabbiyi Igor Shpilband
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 199,90
Qisqa dastur 81,30
Erkin dastur 118,60

Diana Sergeyevna Devis (ruscha: Диана Сергеевна Дэвис; 16-yanvar 2003-yil, Las Vegas, Nevada) — Gleb Smolkin bilan juftlikda muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Ular Rossiya chempionatining kumush medali (2022) va oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatining bronza medali (2020) sovrindori hamda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya kubogi finali (2021) gʻoliblaridir. Diana Devis Rossiya sport ustasi (2016).

2022-yil 22-yanvar holatiga koʻra, juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 19-oʻrinni egallagan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diana Devisning birinchi sherigi sobiq yakkalik konkida uchuvchi Denis Pichushkin edi. Sportchilar Denis Samoxin va xoreograf Mariya Borovikova murabbiyligida mashq qilishdi, ammo juftlik hech qanday musobaqada qatnasha olmadi[2].

2017-yilda Diana Devis sherigini Fedor Varlamovga almashtirdi. Konkida uchuvchilar Sankt-Peterburg kubogining III bosqichida gʻolib chiqishdi, ikki marta Rossiya kubogi bosqichlarida shohsupaga koʻtarilishdi (Sochida bol`ib oʻtgan bosqichda uchinchi, Moskvada — ikkinchi boʻldi). Dekabr oyida ular Budapeshtda boʻlib oʻtgan Santa Claus Cup birinchi xalqaro musobaqasida ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egalladi. 2018-yil yanvar oyida Saranskda oʻsmirlar oʻrtasida figurali uchish boʻyicha Rossiya chempionatida Devis / Varlamov oʻn uchinchi oʻrinni egalladi, bir oy oʻtgach, Rossiya kubogi finalida oltinchi oʻrinni egalladi[3].

Diana Devisning 2020-yil iyul oyida toʻpigʻi shikasltanishi natijasida mashgʻulotlar oʻtay olmadi[4], natijada u Gleb Smolkin bilan oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatini oʻtkazib yubordi va keyinchalik oʻsmirlar oʻrtasidagi xalqaro musobaqalar koronavirus pandemiyasi[5] tufayli bekor qilindi.

Juftlik musobaqaga 2021-yilning mart oyida Moskvada boʻlib oʻtgan Rossiya kubogi finalida qatnashib, ritm raqs (74,22) va erkin dastur (112,16) boʻyicha jami 186,38 ball toʻplagan holda birinchi oʻrinlarni egallab, oltin medal sohibiga aylanishdi[6][7].

2021—2022-yilgi mavsumda Diana Devis va uning sherigi Gleb Smolkin kattalar darajasidagi konkida uchishga oʻtishdi[8]. Chelyabinskda boʻlib oʻtgan mavsumoldi chiqishda juftlik „Black Eyed Peas“ guruhining „Boom Boom Pow“ qoʻshigʻi uchun ritm raqsi taqdim etdi[9].

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gleb Smolkin bilan[13]
Musobaqa
Xalqaro
Olimpiya oʻyinlari 14
Yevropa chempionati 7
Gran-pri bosqichlari. Skate Kanada 5
Avstriya kubogi 4
Varshava kubogi 1
AQSh klassikasi 2
Milliy
Rossiya chempionati 2
Rossiya chempionati 9 3
Rossiya kubogi finali 1
Xalqaro oʻsmirlar
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 5
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 6
Gran-pri bosqichlari. AQSH 2
Gran-pri bosqichlari. Rossiya 2
Volvo ochiq kubogi 3 1
Chexiya Gran-pri 3
Tallin kubogi 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (22-yanvar 2022-yil). 28-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2022-yil.
  2. „«Устала слышать: нет будущего»: дочь Тутберидзе победила недуг“ (ruscha). Газета.Ru. 4-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.
  3. „AllSkaters“. 4-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2021-yil.
  4. „Дочь Тутберидзе фигуристка Диана Дэвис пропустит контрольные прокаты из-за перелома ноги“. ТАСС. 31-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.
  5. Алексей Адамов. „Дочь Тутберидзе одержала главную победу в карьере. Ради Кубка России Диана приехала из США“ (ruscha). www.championat.com. 4-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.
  6. „Дочь Тутберидзе в дуэте с сыном актера Смолкина победили в Финале КР“ (ruscha). РИА Новости Спорт (2-mart). 23-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.
  7. „Фигурное катание. Москва. Юниоры. Танцы на льду. Произвольный танец. Онлайн трансляция, результаты - 02 марта 2021, вторник. 19:25 МСК - Кубок России по фигурному катанию 2020/2021“ (ruscha). www.championat.com. 23-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.
  8. „Дэвис и Смолкин в сезоне-2021/22 будут выступать по взрослым“. Sports.ru. 4-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2021-yil.
  9. „Диана Дэвис — Глеб Смолкин. Ритм-танец. Танцы на льду. Предсезонные контрольные прокаты по фигурному катанию 2021/22“ (ruscha). 4-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2021-yil.
  10. „Diana DAVIS / Gleb SMOLKIN: 2021/2022“ (inglizcha). 10-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  11. „Diana DAVIS / Gleb SMOLKIN: 2019/2020“ (inglizcha). 6-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  12. „Diana DAVIS / Gleb SMOLKIN: 2018/2019“ (inglizcha). 19-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  13. „Competition Results Diana DAVIS / Gleb SMOLKIN (RUS)“. 23-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2021-yil.