Diana Arbus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diana Arbus
Tavalludi
Diana Nemerov

14-mart 1923-yil
Manhattan, New York City, U.S.
Vafoti 26-iyul 1971-yil(1971-07-26)
(48 yoshda)
Manhattan, New York City, U.S.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Fotograf
Turmush oʻrtogʻi
Allan Arbus
(turm. 1941; ajr. 1969)
Bolalari Doon Arbus
Amy Arbus

Diana Arbus (1923-yil 14-mart — 1971-yil 26-iyul[1]) amerikalik fotograf.[2] Uning fotosuratlarining asosini striptizchilar, karnaval ishtirokchilari, nudistlar, mitti insonlar, bolalar, onalar, er-xotinlar, qariyalar va oʻrta sinf oilalarining suratlari tashkil etgan.[3] U oʻz obyektlarini oʻsha insonlarga yoki narsalarga aloqador boʻlgan joylarda suratga oladi. Misol uchun, ularning uylarida, koʻchada, ish joyida, bogʻda suratga olishi mumkin. „U kerakli mavzu tushunchalarini kengaytirganligi, fotograf va obyekt oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan masofa qonunlarini yoʻ qila olganligi bilan ajralib turadi, yaʼni u oʻz qarashlarini oʻzgartirmasdan obyektlari bilan doʻstlashish, ular bilan yasxhi munosabatda boʻlganligi bilan yuqori darajali fotosuratlarni qoʻlga kirita olgan fotograf sitatida tilga olinadi.“[4][5]

Maykl Kimmelman „Diane Arbus Revelations“ koʻrgazmasini sharhlashda uning ishi „fotografiya sanʼatini oʻzgartirdi“ deb yozadi.[6] Arbusning tasvirlari marginal guruhlarni normallashtirishga yordam berdi va barcha odamlarning ular qanday boʻlishidan qatiy nazar muhim ekanligini taʼkidladi. Uning fotosuratlari Esquire, Harper’s Bazaar, Londonning Sunday Times jurnali va Artforum kabi jurnallarda nashr etishi bilan, Diana Arbus ancha eʼtirof va shuhrat qozondi.[7][8]

1963-yilda Guggenxaym jamgʻarmasi tomonidan Arbusga „Amerika marosimlari va urf-odatlari“ nomli taqdimoti uchun stipendiya berilgan.

1962-yildan 1991-yilgacha Nyu-York shahridagi Zamonaviy sanʼat muzeyida (MoMA) fotografiya

boʻyicha direktor Jon Szarkovski Arbusning fotosuratlarini maʼqullaydi va uni 1967-yilda Li Fridlander va Garri Vinograndning „ Yangi hujjatlar“ koʻrgazmasiga kiritadi.[9] Uning fotosuratlari boshqa bir qator yirik koʻrgazmalarga ham kiritilgan.[10]

1972-yilda, oʻz joniga qasd qiladi. Shundan bir yil oʻtgach, Diana Arbus Venetsiya Biennalesi jamgʻarmasiga kiritilgan va unga kiritilgan birinchi fotograf boʻlgan[11]. Bu yerda uning fotosuratlariga „Amerika pavilonini cheksiz his qilish manbai“ va „oʻta kuchli va juda gʻalati“ tasvirlar edi deya taʼrif berishgan.[12]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arbus Diana Nemerov — David Nemerov va Gertruda Russek Nemerovlar oilasida tugʻilgan.Uning ota-onasi Sovet Rossiyasidan kelgan[13][14] yahudiy muhojirlar boʻlishgan. Nyu-York shahrida yashashgan va otasi Frank Russek[14][15] asos solgan Fifth Avenue " Russeks " doʻkoniga egalik qilishgan. Arbus oilasining boyligi tufayli 1930-yillarda sodir boʻlgan Buyuk Depressiyaning oqibatlaridan himoya qilingan.[14] Uning otasi nafaqaga chiqqanidan keyin rassomchilik bilan shugʻullanadi. Uning singlisi haykaltarosh va dizayner boʻlgan, katta akasi shoir boʻlgan. Shuningdek, Xovard Nemerov esa Sent-Luisdagi Vashington universitetida ingliz tilidan dars bergan va Amerika Qoʻshma Shtatlari Shoir mukofoti sovrindori etib tayinlangan. Xovardning oʻgʻli — Aleksandr Nemerov amerikalik sanʼatshunos olim.[13]

Arbusning ota-onasi oʻz farzandlarining tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullanishmagan. Farzandlarning tarbiyasiga asosan xizmatkorlar va gubernatorlar mas`ul boʻlishgan.

Arbus Axloqiy madaniyat Fieldston va tayyorgarlik maktablariga borgan.[16] Diana Arbus 1941-yilda (18 yoshida) bolalikdan beri sevgilisi boʻlgan Allan Arbusga[13] turmushga chiqdi.[17] Ularning 1945-yilda tugʻilgan qizi Dun yozuvchi boʻlib va 1954-yilda tugʻilgan qizi Emi esa fotograf boʻlib yetishishgan.[13]

Arbus va uning eri 1946-yildan 1956-yilgacha fotografiya sohasida tijoriy ish olib borishgan, biroq Allan biznesni tark etib, fotografiya bilan mustaqil shugʻullangan.[18] Arbus va uning eri 1959-yilga kelib ajrashishadi.

Fotografiya sohasidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arbusga uning eri Allan ular turmush qurganlaridan koʻp oʻtmay Graflex kamerasini sovgʻa qiladi. Bu Arbusning ilk foto kamerasi boʻlgan. Koʻp oʻtmay, Arbus fotograf Berenis Abbottning fotografiya darslariga yoziladi.

Arbus fotografiyaga boʻlgan qiziqishlari tufayli 1941-yilda Alfred Stieglitz galereyasiga tashrif buyuradi va fotograflar Metyu Bredi, Timoti OʻSallivan, Pol Strand, Bill Brandt va Ejen Atgetlar haqida maʼlumotlarga ega boʻladi.[19]

Allan Ikkinchi jahon urushida AQSh armiyasi signal korpusida fotograf boʻlib ishlagan.

Urushdan soʻng, 1946-yilda Arbuslar „Diane & Allan Arbus“ deb nomlangan tijorat fotografiya biznesini boshlaydilar. Diane badiiy direktor, Allan esa fotograf sifatida faoliyat olib boradi. Ammo ularning biznesi unchalik ham oʻzini oqlamaydi va keyinchalik bu biznesning faoliyati toʻxtab qoladi.


1956-yilga kelib, u 35 mm Nikon kamerasi bilan fotosuratlar oladi.Nyu-York koʻchalarida aylanib yurib, har doim boʻlmasa ham, baʼzan oʻz subyektlari bilan uchrashib qolgan. Ijtimoiy jihatdan oʻziga xosligi bilan ajarlib qolgan insonlar xoh u masxarabozlar, gʻalati kiyingan ayollar va erkaklar, xoh mitti odamlar boʻlsin, ular bilan muloqot qilishga ularni rasmga olib qoʻyishni xohlaydi va buning uddasidan chiqadi.U koʻpincha shu kabi insonlarga nisbatan hamdardligi uchun maqtovga sazovor boʻlgan. Ammo uning bu jihatlarini fotosuratlar orqali darhol tushunish qiyin, lekin uning yozuvi va u tasvirlagan erkaklar va ayollarning guvohliklari orqali tushunish oson.[20]


Arbusning rasmga olish uslubi „toʻgʻridan-toʻgʻri va bezaksiz, kvadrat formatda markazlashtirilgan frontal portret“ deb aytiladi..U usullari tufayli oʻz sub’ektlari bilan mustahkam shaxsiy munosabatlar oʻrnatish va koʻp yillar davomida ularning baʼzilarini qayta suratga olishni niyat qilgan.[13][21]

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arbus hayoti davomida onasi boshdan kechirganlarga oʻxshash „ depressiv epizodlarni“ boshdan kechiradi va epizodlar gepatit belgilari sababli yanada yomonlashadi.[13] 1968-yilda Arbus yaqin doʻsti boʻlgan Karlotta Marshallga shunday maktub yozadi: „Mening kayfiyatim tez-tez oʻzgaradigan boʻlib qoldi. Juda tez quvonaman va juda ham tez tushkun holatga tushib qolaman. Balki men doim shunday boʻlgandirman. Men tezda energiya va quvonchga toʻlib, koʻp narsalarni boshlayman yoki nima qilmoqchi ekanligim haqida oʻylayman. Keyin hayajondan chuqur nafas olaman, keyin esa toʻsatdan charchaganlik, umidsizlik yoki undan ham sirliroq boshqa narsa tufayli barcha energiyam yoʻqoladi. Oʻzimni darhol botqoqlikda, xafagarchilikda va qoʻrquvda qoldiraman! Ishonchim komilki, bunday holat menda oldin ham boʻlgan.“[22]

Bir marta uning sobiq eri „ unda kayfiyatning keskin oʻzgarishi“ borligini taʼkidlagan. 1971-yil 26-iyulda Nyu-Yorkdagi Vestbet rassomlar jamiyatida yashayotganida Arbus bir qancha kuchli dorilarni yutib, bilaklarini ustara bilan kesib oʻz joniga qasd qilgan.Jamiyatning rahbari Marvin Isroil ikki kundan keyin uning jasadini vannada topdi. Diana Arbus oʻshanda 48 yoshda boʻlgan.

Merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanʼatshunos Robert Xyuz Time jurnalining 1972-yil noyabr sonida "Arbusning faoliyati, uning fotosuratlari boshqa fotograflarga kuchli taʼsir qilgan.[23] U zamonaviy fotografiyaning muhim shaxsi va fotograflarning uch avlodiga katta taʼsir qilgan"[9] deb yozgan va Arbus oʻtgan asrning eng nufuzli rassomlari qatoriga kiritilgan.[24][25][26]


Arbus vasiyatsiz vafot etganligi sababli, uning ishini nazorat qilish mas’uliyati uning qizi Dunga tushgan va u Arbusning yozishmalarini tekshirishni, onasining fotosuratlarini oldindan ruxsat olmasdan koʻrgazmaga qoʻyish yoki koʻpaytirishga ruxsat bermadi. Bu esa koʻplab tanqidchilar va olimlarning noroziliklariga sabab boʻlgan.



Zamonaviy sanʼat muzeyi 1972-il oxirida Arbus asarlarining Jon Szarkovski tomonidan boshqariladigan koʻrgazmaning namoyishini oʻtkazadi. Keyinchalik bu koʻrgazma 1975-yilgacha Qoʻshma Shtatlar va Kanada boʻylab namoyish qilinadi[27] va koʻrgazmani yetti milliondan ortiq odam tomosha qilganligi taxmin qilingan.[21] Marvin Isroil va Dun Arbus tomonidan boshqariladigan boshqa kolleksiya esa 1973—1979-yillar orasida dunyo boʻylab namoyish qilingan.[27]

Dun Arbus va Marvin Isroil 1972-yilda Aperture tomonidan nashr etilgan va Zamonaviy sanʼat muzeyi koʻrgazmasida namoyish etilgan „Diane Arbus: diafragma monografiyasi“ kitobini tahrir qildilar va loyihalashtirdilar.[28] Unda Arbusning saksonta fotosurati, shuningdek, u 1971-yilda bergan darslaridan matnlar, uning ayrim yozuvlari va intervyulari bor boʻlgan.[28]

2001—2004-yillarda „Diane Arbus: Diafragma monografiyasi“ kitobi tarixdagi eng muhim fotokitoblardan biri sifatida tan olingan.[29][30][31]


Arbusning hayoti va ijodi haqidagi yarim soatlik hujjatli film " Fotografiyaning xoʻjayini: Diana Arbus yoki men hech qachon boʻlmagan joyga borish Diane Arbusning fotosuratlari " nomli film 1972-yilda suratga olingan va 1989-yilda film sfatida taqdim etilgan.[32][33]

2006-yilda „ Moʻynali kiyimlar: Dayan Arbusning xayoliy portreti“ nomli fantastik film ishlangan.

Mashhur fotosuratlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Childwithhandgrenadedianearbus.jpg
Markaziy parkda qo`lida o`yinchoq granatasi boʻlgan bola, NYC 1962-yil(1962)
Fayl:Girl.jpeg
Bir xil egizaklar, Rozel, Nyu-Jersi, 1967-yil
Fayl:Eddie Carmel and parents, 1970.jpg
Eddi Karmel, yahudiy giganti, Bronksdagi ota-onasi bilan uyda, Nyu-York, 1970-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Diane Arbus, her vision, life, and death." The New York Times, 13 May 1984. Accessed 10 May 2017
  2. Estrin, James. „Diane Arbus, 1923-1971“. The New York Times (8-mart 2018-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2018-yil.
  3. Arthur, Lubow. Diane Arbus : portrait of a photographer, First, New York, NY, 7-iyun 2016-yil. ISBN 9780062234322. OCLC 950881745. 
  4. „A Fresh Look at Diane Arbus“ (inglizcha). Smithsonian. Qaraldi: 16-mart 2019-yil.
  5. Somers-Davis, Lynne M.. Encyclopedia of Twentieth-Century Photography. New York: Routledge, 2006 — 51–56 bet. ISBN 978-1135205430. 
  6. Kimmelman, Michael. „The Profound Vision of Diane Arbus: Flaws in Beauty, Beauty in Flaws“. The New York Times (11-mart 2005-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2018-yil.
  7. Crookston, Peter. „Extra Ordinary“. The Guardian (30-sentabr 2005-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2018-yil.
  8. Arbus, Diane. Diane Arbus: Magazine Work. New York: Aperture, 1984. ISBN 978-0-89381-233-1. 
  9. 9,0 9,1 Estrin, James. „Diane Arbus, 1923-1971“. The New York Times (8-mart 2018-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2018-yil.
  10. Jakob, John P.. A box of ten photographs. New York: Aperture, 2018. ISBN 978-1597114394. 
  11. Jakob, John P.. A box of ten photographs. New York: Aperture, 2018. ISBN 978-1597114394. 
  12. Kramer, Hilton. „Arbus Photos, at Venice, Show Power“. The New York Times (17-iyun 1972-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2018-yil.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 DeCarlo, Tessa (May 2004). „A Fresh Look at Diane Arbus“. Smithsonian magazine. Retrieved December 13, 2017.
  14. 14,0 14,1 14,2 Krukston, Peter. „Extra Ordinary“. The Guardian (30-sentabr 2005-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2018-yil.
  15. Schjeldahl, Peter. „Looking Back: Diane Arbus at the Met“, The New Yorker, March 21, 2005. Retrieved February 4, 2010.
  16. Rubinfien, Leo. „Where Diane Arbus Went“. Art in America, volume 93, number 9, pages 65-71, 73, 75, 77, October 2005.
  17. Bosworth, Patricia (13–may 1984–yil). „Diane Arbus“. The New York Times Magazine. 42–59-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  18. Mar. „The Cost of Diane Arbus's Life on the Edge“. The Cut (11-mart 2017-yil).
  19. Diane Arbus: Revelations. New York: Random House, 2003. ISBN 0-375-50620-9.
  20. „Diane Arbus Photography, Bio, Ideas“. The Art Story. Qaraldi: 16-mart 2019-yil.
  21. 21,0 21,1 Muir, Robin. „Womanʼs Studies“. The Independent (London), October 18, 1997. Retrieved February 4, 2010.
  22. Lubow, Arthur. „Arbus Reconsidered“ (inglizcha). The New York Times (14-sentabr 2003-yil). Qaraldi: 16-mart 2019-yil.
  23. Hughes, Robert. „Art: to Hades with Lens“. Time, November 13, 1972. Retrieved February 12, 2010.
  24. Bunnell, Peter C. (January–February 1973). „Diane Arbus“. The Print Collector's Newsletter. 3-jild, № 6. 128–130-bet. JSTOR 44129496.
  25. Crukston, Peter. „Extra Ordinary“. The Guardian (30-sentabr 2005-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2018-yil.
  26. „100 Most influential photographers of all time“. aphotoeditor.com. aPhotoEditor (18-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2018-yil.
  27. 27,0 27,1 Cheim Read. „Diane Arbus“. www.cheimread.com. Qaraldi: 7-noyabr 2018-yil.
  28. 28,0 28,1 Arbus, Diane. Diane Arbus. Millerton, New York: Aperture, 1972. ISBN 0-912334-40-1.
  29. Caslin, Jean, and D. Clarke Evans. Building a Photographic Library. San Antonio: Texas Photographic Society, 2001. ISBN 1-931427-00-3.
  30. Roth, Andrew, editor. The Book of 101 Books: Seminal Photographic Books of the 20th Century. New York: PPP Editions in association with Roth Horowitz LLC, 2001. ISBN 0-9670774-4-3.
  31. Roth, Andrew, editor. The Open Book: a History of the Photographic Book from 1878 to the Present. Göteborg, Sweden: Hasselblad Center, 2004.
  32. Going Where I've Never Been: The Photography of Diane Arbus (1972) IMDbda
  33. Traditional Fine Arts Organization. „American Photography. DVD/VHS Videos“. Retrieved February 12, 2010.