Kontent qismiga oʻtish

Diana Çuli

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Diana Çuli
Tavalludi 13-aprel 1951-yil (1951-04-13) (74 yosh)
Fuqaroligi alban
Taʼlimi Tirana universiteti
Kasbi Yozuvchi, jurnalist, siyosatchi
Hoteli i drunjtë
Imzosi

Diana Çuli (talaffuzi: Chu-li) (1951-yil 13-aprel, Tiranada tugʻilgan) – albaniyalik yozuvchi, jurnalist va siyosatchi. U 1973-yilda Tirana universiteti Falsafa fakultetini tamomlagan. Keyin Drita va fransuz tilidagi Les lettres albanaises jurnallarining tahririyatlarida ishlagan[1]. 1990-yilda demokratik muxolifatga qoʻshilib, Mustaqil ayollar forumi rahbari boʻlgan, keyin esa Albaniya Sotsial-demokratik partiyasiga qoʻshilgan.

2006-yildan beri u Albaniyaning Yevropa Kengashi parlament assambleyasidagi vakili hisoblanadi[2][3]. Albaniyada u ayollar huquqlari, ayniqsa fohishalikka majburlangan ayollar huquqlari uchun kurash olib bormoqda. 2004-yilda u Albaniya ayollar federatsiyasi raisi boʻlgan[4].

1970-yillarning oxirida u birinchi qisqa hikoyasi Ndërgjegja (Vijdon)ni nashr ettirgan. Sakkizta roman muallifi boʻlib, Hije që mbeten pas (1985), Rrethi i kujtesës (1987)[5] va Bregu i ashpër (1988) kabi filmlar uchun ssenariylar yozgan.

Tanlangan asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1980: Jehonat e jetës
  • 1983: Zëri i largët
  • 1986: Dreri i trotuareve
  • 1992: Rekuiem
  • 1993: … dhe nata u nda në mes
  • 2000: Diell në mesnatë
  • 2006: Engjëj të armatosur
  • 2009: Gruaja na kafe
  • 2011: Hoteli i drunjtë
  1. Gran, Peter. Beyond Eurocentrism: A New View of Modern World History. Syracuse University Press, 1996 — 219-bet. ISBN 978-0-8156-2692-3. 
  2. Conference on Equality Between Women and Men in a Changing Europe: Proceedings : Poznań (Poland), 31 March-2 April 1992. Council of Europe, 1994 — 221-bet. ISBN 978-92-871-2518-7. 
  3. „Diana Culi“. Parliamentary Assembly. 2014-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-oktyabr.
  4. Europa World Year. Taylor & Francis, 2004 — 455-bet. ISBN 978-1-85743-254-1. 
  5. „Me shkrimtaren Diana Çuli“ (sq). Toena.com. 2014-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-oktyabr.