Di'Shon Bernard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Di'Shon Bernard
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Di'Shon Joel Bernard[1]
Tavallud sanasi 14-oktyabr 2000-yil (2000-10-14) (23 yosh)
Tavallud joyi Wandsworth, Angliya bayrogʻi Angliya
Boʻyi 6 feet 2 inches (1.89 m)[2]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Manchester United
Raqami 58
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2017 Chelsea
2017-2019 Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019- Manchester United 0 (0)
2020-2021Salford City (ijara) 30 (2)
2021-2022Hull City (ijara) 26 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15-aprel uchun)

Di’Shon Joel Bernard (2000-yil, 14-oktyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premyer Liga klubi "Manchester United" safida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Bernard 2017-yilda „Manchester United“ yoshlar tizimiga qoʻshilgan. U klub safidagi professional debyutini 2019-yilning noyabrida UEFA Yevropa ligasi doirasida „Astana“ klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. Shuningdek, u Salford City klubida ijara asosida oʻynadi va u klub safida 2020/21-yilgi mavsumda 31 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bernard 2017-yilda 16 yoshida „Manchester United“ akademiyasiga qoʻshildi, u avvalroq Chelsea klubining yoshlar tizimida tajriba oshirgan[3]. U Manchester United klubi safida 2019-yilning 28-noyabrida Yevropa Ligasi doirasidagi „Astana“ klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan, ammo „United“ 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan va u avtogol muallifiga aylangan[4].

Bernard 2020-yilning 16-oktyabrida „Salford City“ ikkinchi liga klubiga ijara asosida o‘tdi[5]. Uning Salford klubidagi debyuti 24-oktyabr kuni Crawley Town klubiga qarshi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinning 61-daqiqada Oscar Threlkeldning oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazdi[6]. U oʻzining klubdagi birinchi golini 2-dekabr kuni „Carlisle United“ klubiga qarshi 2:1 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻlganida oʻyinning qoʻshib berilgan daqiqalarida boshi bilan darvozani ishgʻol etdi[7]. 2021-yil, 15-yanvarda uning klub bilan ijarasi mavsum oxirigacha uzaytirildi[8]. Bernard „Salford“ klubiga ijaraga oʻtish uning futbolchi sifatida rivojlanishi uchun juda muhim ekanligini va shu tariqa u bir necha ijaradan soʻng asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylangan Axel Tuanzebening izidan borishiga umid qilganini aytadi[9]. U Salfordning 2021-yil mart oyida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi EFL Trophy finalida jamoasi bilan gʻalaba qozongan oʻyinda klub safida kubokni qoʻlga kiritdi[10].

2021-yil, 30-iyulda Bernard Chempionship klubi „Hull City“ bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi[11]. U klub safidagi debyutini 2021-yil, 10-avgustda EFL kubogi birinchi davrasi doirasida Wigan Athletic klubiga qarshi asosiy boʻlimlardan soʻng 1:1 hisobida durangdan soʻng penaltilar seriyasida davom ettirilgan oʻyinda oʻtkazdi[12].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliyada tugʻilgan Bernard yamaykalik boʻlib, Yamayka terma jamoasini himoya qilish istagini bildirgan[13].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 15-aprel holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL Kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Manchester United U21 2019-20[14] 4 0 4 0
2020-21[15] 2 0 2 0
Jami 6 0 6 0
Manchester United 2019-20[14] Premier League 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2020-21[15] Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2021-22[16] Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
Salford City (ijara) 2020-21[15] League Two 30 2 1 0 0 0 31 2
Hull City (ijara) 2021-22[16] Championship 26 0 1 0 1 0 28 0
Karyera jami 56 2 2 0 1 0 1 0 6 0 66 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Premier League clubs publish retained lists“. Premier League (2019-yil 7-iyun). Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
  2. „Di'Shon Bernard Profile, News & Stats“. Premier League. Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
  3. „Manchester United signing Aliou Traore among academy scholars“. Manchester Evening News (2017-yil 3-iyul). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  4. Thompson. „FC Astana 2 Manchester United 1“. Manchester United (2019-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
  5. „Man Utd defender Bernard joins Salford“. BBC Sport (2020-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
  6. Booth. „Paul Scholes gives verdict on Manchester United youngster after EFL debut“. Manchester Evening News (2020-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-yanvar.
  7. „Carlisle 2-1 Salford: United win in front of fans at Brunton Park“. Sky Sports (2020-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 21-yanvar.
  8. „Bernard loan extended“. Salford City FC (2021-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
  9. Peach, Simon. „From Old Trafford, to Salford, via Kazakhstan: Di'Shon Bernard's getting about“. Irish Independent (2021-yil 15-fevral). Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
  10. „Portsmouth v Salford: team news, likely line-ups, form guide and big-match odds for the Papa John's Trophy final at Wembley“. portsmouth.co.uk. The News (2021-yil 13-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-mart.
  11. „Di’Shon Bernard Signs On Loan“. Hull City A.F.C. (2021-yil 30-iyul). Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  12. „Hull City 1–1 Wigan Athletic“. BBC Sport (2021-yil 10-avgust). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  13. „‘Commitment is number one’“. jamaica-gleaner.com (2021-yil 15-dekabr).
  14. 14,0 14,1 „Games played by Di'Shon Bernard in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  15. 15,0 15,1 15,2 „Games played by Di'Shon Bernard in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  16. 16,0 16,1 „Games played by Di'Shon Bernard in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 15-aprel.