Dezaminlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dezaminlanish — organik birikmalar molekulasidan amin (NH2) guruhining ajralib chiqish jarayoni. D. da NH2 guruhi boshqa guruhlar (mas, N, OH, OR) bilan almashinadi yoki qoʻshbogʻlar hosil boʻladi. Biokimyoviy D. maxsus fermentlar ishtirokida boradi. Bir necha tur D. mavjud: oksidlanuvchi D. aminokislotalarning tirik organizmda parchalanishi nati-jasida roʻy berib, ajralib chiqqan aminoguruhlar oʻrniga tegishli keto-kislotalar hosil boʻladi. Jarayon aminokislotalarning oksidaza fermentlari ishtirokida kechadi. Organizmda aminokislotalar dekarboksillanganda hosil boʻladigan aminlar ham oksidlanish yoʻli bilan dezaminlanadi. Bu aminlarning aksariyati zaharli boʻlib, ularni zaharsizlantirishda D. muhim ahamiyatga ega. Aminooksidazalar aminlarning D. jarayonini katalizlaydi. Qaytaruvchi D. ikki aminokislota orasidagi oksidlanish qaytarshshsh reaksiyalari asosida roʻy beradi. Bunda ikkala aminokislota ham dezaminlanadi (mas, alanin va glitsin oʻrtasidagi reaksiya). Ichki molekulyar D. da toʻyinmagan kislotalar hosil boʻladi. Bir qator aminokislotalar (mas, oʻsimliklarda asparagin kislota va baʼzi bakteriyalar; odam jigarida gistidin) shu reaksiya asosida dezaminlanadi. Gidrolitik D.da oksikislotalar hosil boʻladi. Bu reaksiya asosida mogʻor zamburugʻlari, baʼzi bakteriyalar va hayvon toʻqimalarida purin asoslari hamda pirimidin asoslari dezaminlanadi. D. organik sintezda, hayvonot, oʻsimlik va mikroorganizmlar hayot faoliyatida muhim ahami-yatga ega.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil