Denov shahri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Denov shahri

Kattaligi va aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi va shahar sifatida viloyatga boʻysunadi. 16 mahalla bor. Sangardak va Surxondaryo oraligʻida, dengiz sathidan 610m balandlikda joylashgan. Aholisi 58,3 ming kishi (1996). Denov nomi dastlab 14-asr oxiri — 15-asr boshlaridagi yozma manbalarda, xususan Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida Dahainav («Daha-i-nav») shaklida, yaʼni «odamlar koʻchib brogan yangi yer» mazmunida tilga olingan. Mahmud ibn Valining (17-asr) yozishicha, Dahainav u yashagan davrda ajoyib bozori, katta masjidi va xonaqosi boʻlgan mustahkam qal’a- shahar ekan. Baʼzi tadqiqotchilar shu paytgacha Chagʻaniyon shahri aslida Denovdan 6 km janubi-sharqda joylashgan Bedrach shahri oʻrniga toʻgʻri keladi. Denovning hozirgi oʻrnida miloddan avvalgi 11-ming yilliklar oxiridayoq uncha katta boʻlmagan aholi manzili boʻlgan. Ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda ham shahar hududidagi ushbu manzilda aholi nisbatan gavjum yashagan. 15-16-asrlarda Chagʻaniyon-Bedrach mavqei tushib ketgandan soʻng Dahainav shu atrofdagi shaharlarning maʼmuriy markazi boʻlib qolgan. Denov qal’asi mustahkam istehkom qoʻrgʻoni boʻlib, xarobalari bizning zamongacha saqlanib qolgan. Qal’a doira tarhida boʻlib, diametri, 110 metr keladigan qalin devor bilan oʻralgan. 18-asrdan 20-asr boshlarigacha Denov Buxoro amirligining alohida bekligi boʻlib keldi. Shoʻrolar tuzumi davrida shahar sifatida 1958 yil tashkil boʻldi. Bugungi Denov har jihatdan yuksalgan, yashargan zamonaviy va sharqona shahar qiyofasini olmoqda. Shahardagi meʼmoriy yodgorliklardan Said Otaliq madrasasi mashhur.

Denov yirik sanoat korxonalari bilan nafaqat viloyatda, balki respublikada ham munosib oʻrin tutadi. Sanoat korxonalari asosan viloyatdagi qishloq xoʻjalik maxsulotlarini qayta ishlashga yoʻnaltirilgan. Shahar agrosanoat kombinati, «Surxonoziqovqatsanoat» hissadorlik jamiyati, paxta tozalash zavodi, aroq-vini, pivo, konserva zavodlari, sut hissadorik jamiyati, qurilish hissadorlik jamiyati, "Agrotex " dehqonchilik sanoat uyushmasi, neft mahsuloti korxonasi, paxta chuvish fabrikasi, taʼmirlash- texnika zavodi va boshqalar bor. Denovda ishbilarmonlik va tadbirkorlikka keng yoʻl ochilgan. 113 kichik korxona, firma, shirkat faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda 20 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar tayorlanayapti. Denovda hunarmandchilik yahshi rivojlangan: beshiksozlik, sandiqsozlik, temirchilik, kosibchilik, duradgorlik… Denovda akademikR.R. Shredir nomidagi Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korparatsiyasining Janubiy Oʻzbekiston subtropik oʻsimliklari tajriba stantsiyasi joylashgan. "Denov dendrariysi "deb ataladigan bu maskanda tabiatning 700 dan ziyod oʻsimligi, mevali va manzarali daraxtlar, butalar mavj urib yotibdi. Dendrariyda sirenning 28 xili, ignabarglilar oilasining 22 xili, Yaponiyadan keltirilgan magnoliya daraxti va boshqalar oʻsadi. 1921 yilda tashkil etilgan bu bogʻda turli joylardan keltirilgan dov-daraxtlar, butalar, oʻsimliklar iqlimlashtiriladi. Soʻngra viloyat boʻyicha ekishga tavsiya etiladi. Ayni paytda dendrariy bebaho ilmiy labaratoriyadir. Denov shahridagi ikki transport korxonasi- avtobus-taksi va 8-avtokorxona respublikadamashhurdir. 8-avtokorxona ahli hozirgi kunda respublikadan tashqariga- Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa joylarga qatnab xalq xoʻjaligi mollarini tashimoqda. Korxona qoshida beton-gʻisht ishlab chiqaradigan yangi sex, 40dan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladigan tikuvchilik va toʻqimachilik sehi ishlab turibdi. 1995 yili shahar markazida yevropa va sharqona binokorlik usullari uygʻunlashtirilgan ikki qavatli «Farrux» xususiy restoran ochildi. Shaharda oʻrta umum taʼlim maktablaridan tashqari, gimnaziya, xorijiy tillar, kimyo va fizika — matematika litseylari bor. Shuningdek, 13 bolalar bogʻchasi, bitta yasli, bolalar musiqa maktabi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, yoshlar texnik ijodiy markazi, sayyohlar maskani bor. Xalq taʼlimi muassasalarida 1,5 mingga yaqin oʻqituvchi, tarbiyachi, murabbiy mehnat qilmoqda. Shahardagi markaziy kasalxonada 16 turdagi tibbiy xizmat koʻrsatiladi. 300 bemorni qabul qilishga moʻljallangan bolalar va kattalar poliklinikasi, bolalar va kattalar tish kasalliklari poliklinikasi, oʻsmirlar poliklinkasi yangi zamonaviy qurilgan binolarda ish olib bormoqda. Shaharda ommaviy sport turlariga katta eʼtibor berilgan. Turli maktab va tashkilotlarda 2 stadion , 10 sport zali, 13 basketbol, 16 valeybol, 2 suv havzasi ishlab turibdi. 1992 Denov televideniysi ish boshladi. Hozir uning koʻrsatuvlarini viloyatning Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun kabi tumanlar aholisi ham koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar . Shaharda gaz va vodoprovod suvi kirib bormagan koʻcha yoq. Denov bozorlari ham qurilishi, ham moʻl-koʻlligi eʼtiborni tortadi. Bu yerda hamma narsa topiladi. Bozorga qaysi vaqt kirmang, issiq non tayyor turgan boʻladi. Nonmisan-non! Denov-xurmoning koni. Anor, uzum, olma ham serob. Bozorning quruq mevalar rastasiga boqib lol qolasiz: xandon pista, bodom, xilma-xil mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, shoʻrdanak… Toshkentu Samarqanddagidan ancha arzon. Denov bozorida Oʻratepaning sabzisi, Xorazimning guruchi xaridorgir. Shahar qal’asida tijorat bozori ham juda qizgʻin. Bu yerda ham kerakli narsani topishingiz mumkin.